Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunning IV- moddasida iste`molchilarning asosiy huquqlari berilgan. Ushbu qonunga ko`ra iste`molchilar quyidagi huquqlarga ega: - tovar va xizmatlar, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi sotuvchi) haqida to`g`ri va to`liq ma`lumot olish. - Tovar va xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli va xavfsiz bo`lishi, hayoti, mol-mulki ushun xavfi nuqsoni bo`lgan tovar, shuningdek ishlab chiqaruvchining g`ayri-qonuniy harakati yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma`naviy zararning to`liq hajmda qoplanishi, buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so`rab sudga boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega. Tovar to`g`risidagi ma`lumotlarda quyidagilar ko`rsatilishi lozim:
- tovarning majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo`lgan normativ hujjatning nomi.
- Tovarning asosiy iste`mol hususiyatlari, shu jumladan o`ziga xos xususiyatlari ro`yxati.
- Bahosi va sotib olish shartlari.
- Ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi, tayyorlovchining kafillik majburiyatlari
Tovarning sifati.
Tovarning sifati. Fuqarolik kodeksining 402-moddasiga ko`ra sotuvchi iste`molchiga sifatli oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart.
Shartnomada tovarning sifati to`g`risidagi shartlar ko`rsatilmaganda sotuvchi iste`molchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo`lgan tovarni topshirishi shart.
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining tovar sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan taqdirda sotuvshi iste`molchiga shartnomada belgilangan muayyan vaqtda yoki kafolat muddatida qonunda nazarda tutilgan talablariga javob beradigan tovarni topshirishi lozim. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa kafolat muddati tovar iste`molchiga topshirilgan paytidan o`ta boshlaydi. Biroq iste`molchiga bog`lik bo`lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo`lsa sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf yetmaguncha kafolat muddatining o`tishi boshlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |