1. Иқтисодиёт / Архитектура ва қурилиш]


Ўзбекистон Республикасининг Президенти И. КАРИМОВ


Download 445.88 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi445.88 Kb.
#1183825
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. ПФ-3240 06.05.2003

Ўзбекистон Республикасининг Президенти И. КАРИМОВ
Тошкент ш.,
2003 йил 6 май,
ПФ-3240-сон
(Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 й., 5-сон, 68-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.11.2017 й., 06/17/5228/0210-сон, 31.07.2018 й., 06/18/5483/1594-сон; 29.06.2020 й., 06/20/5370/0975-сон)
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTINING
FАRMONI
KАPITАL QURILIShDА IQTISODIY ISLOHOTLАRNI YaNАDА ChUQURLАShTIRIShNING АSOSIY YOʼNАLIShLАRI TOʼGʼRISIDА
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xoʼjalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorlarini shakllantirish, qurilishda narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari va samaradorligi uchun investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʼnalishlari etib belgilansin:
2003-2004 yillarda loyiha va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini toʼliq tugallash, ularning negizida asosan xususiy va qoʼshma korxonalar tashkil etish, loyiha va qurilish ishlari bozorida raqobat muhitini yaratish;
Batafsil maʼlumot uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2003-2004 yillarda toʼliq xususiylashtiriladigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining roʼyxatiga qarang.
kapital qurilishda boshqaruv va xoʼjalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish darajasini oshirish;
qurilishni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida inshootlarni toʼliq qurib bitkazishga oʼtish, ishlarni yuqori sifatli bajarish hamda inshootlarning toʼliq qurib bitkazilib topshirilishini taʼminlaydigan injiniring kompaniyalari va loyiha-qurilish tashkilotlarini tuzish;
qurilish materiallari bozorini kengaytirish, ularning ilgʼor turlarini ishlab chiqarishni oʼzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, markazlashtirilgan manbalar hisobidan, shuningdek Hukumat kafolati bilan jalb etiladigan investitsiyalar hisobidan yangi korxonalar qurish, ularni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish faqat tanlov (tender) savdolari asosida kontrakt tuzgan holda ishlarni toʼliq bajarish sharti bilan amalga oshiriladi. Bunda tanlov (tender) savdolarini oʼtkazish majburiyati bitta kontrakt boʼyicha qiymati 100 ming АQSh dollaridan ortiq ekvivalentda amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga tatbiq etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017 y., 06/17/5228/0210-son)
Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi, Moliya vazirligi, Аdliya vazirligi bir oy muddatda inshootlarni toʼliq qurib bitkazishni tashkil etish toʼgʼrisidagi yangi Nizomni va Inshootlarni toʼliq qurib bitkazishning namunaviy pudrat shartnomasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qarori bilan tasdiqlangan Obʼektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasiga qarang.
Mazkur hujjatlarda quyidagilar aniq belgilab qoʼyilsin:
buyurtmachi ishlar (xizmatlar) bajarilishini loyiha qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda avans bilan taʼminlashi, kelishilgan jadval boʼyicha avansni hisobga olgan holda 50 foizga qadar miqdorda joriy moliyalashni amalga oshirishi hamda inshoot qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgandan keyin uzil-kesil hisob-kitob qilishi shart;
pudratchi inshootning buyurtmachiga tasdiqlangan loyiha va kontraktda shart qilib qoʼyilgan talablarga muvofiq topshirilishini taʼminlaydi hamda investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida jami ishlarni amalga oshirish boʼyicha kontraktning bajarilishi uchun, qurilish sifati va inshootning oʼz vaqtida topshirilishi uchun buyurtmachi oldida iqtisodiy jihatdan javobgar boʼladi;

Download 445.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling