1. Иқтисодиёт / Архитектура ва қурилиш]
Download 445.88 Kb.
|
1. ПФ-3240 06.05.2003
pudratchi inshootni toʼliq qurib bitkazish boʼyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun tijorat banklarining kreditlarini jalb etishi mumkin;
qurilishning pirovard moliyaviy natijalari va kontraktda belgilangan shartnomaviy narxga rioya etilishi uchun masʼuliyat pudratchi zimmasiga yuklanadi, uning amaliy qiymatini pasaytirish natijasida tejab qolingan mablagʼ esa uning ixtiyorida qoladi. 3. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, tijorat banklari bilan birga bir oy muddatda pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʼlarini koʼpaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi takliflarni oʼrganib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda qurilishni boshqarish tizimidagi boʼgʼinlarni qisqartirish koʼzda tutsin va undan boʼshaydigan aktivlar pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʼlarini toʼldirishga yoʼnaltirilsin. Toʼliq maʼlumot uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli «Kapital qurilishda xoʼjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorga qarang. 4. Shunday tartib oʼrnatilsinki, bunda: Oldingi tahrirga qarang. pudrat ishlariga bitta kontrakt boʼyicha qiymati 100 ming АQSh dollaridan ortiq ekvivalentda buyurtmalarni joylashtirish faqat tanlov savdolarini oʼtkazish shartlari asosida amalga oshiriladi; (4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017 y., 06/17/5228/0210-son) tanlov savdolari (tenderlar)da ishtirok etishga faqat ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 20 foizi miqdorida aylanma mablagʼlariga yoki mazkur mablagʼlarni berish uchun bank kafilligiga ega boʼlgan pudrat tashkilotlarigina qoʼyilishi mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi, Аdliya vazirligi bir oy muddatda Oʼzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishdagi tanlov savdolari toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar va bunda tanlov savdolari (tenderlar) oʼtkazish borasida belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini koʼzda tutsinlar. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qaroriga qarang. 5. Belgilab qoʼyilsinki, buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʼrtasidagi, bosh pudratchi, subpudratchi, loyiha tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruktsiyalari yetkazib beruvchilar oʼrtasidagi barcha munosabatlar oraliq boʼgʼinlarining ishtirokisiz faqat shartnoma munosabatlari asosida kontrakt tuzgan holda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Аdliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga bir oy muddatda qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʼgʼrisidagi nizomni tubdan qayta ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda buyurtmachi va pudratchining javobgarlik choralari aniq belgilanib, quyidagilar koʼzda tutilsin: (5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son) buyurtmachi yerlarning oʼz vaqtida ajratilishi, buyurtmachining formati berilishi, tender hujjatlari tayyorlanishi, pudrat ishlariga tanlov savdosi (tender) ni tashkil etish va oʼtkazish, tuzilgan kontrakt (shartnoma)ga muvofiq kelishilgan grafik boʼyicha oʼz vaqtida moliyalash uchun javobgar boʼladi; pudratchi loyihaning ish hujjatlari tayyorlanishi va ekspertizadan oʼtkazilishi, ishlarning kontraktda kelishib olingan grafikka qatʼiy muvofiq ravishda bajarilishi va inshootning oʼz vaqtida foydalanishga topshirishi uchun, belgilangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga qatьiy rioya etilishi uchun javobgar boʼladi; Download 445.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling