1 iyun – bolalarni himoya qilish kuni. Ularni nimalardan himoya qilish kerak? Dunyo bo‘ylab bolalarning sog‘lom katta bo‘lishi va sifatli ta’lim olishiga kambag‘allik, ochlik, turli iqtisodiy va siyosiy inqirozlar ta’sir o‘tkazadi
Download 0.9 Mb.
|
1 iyun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabga borib ham bilim olish imkoni cheklanyapti
- Bolalar mehnati
- Erta turmush
Kambag‘allik oqibatlari
Dunyo bo‘yicha taxminan 356 mln bola o‘ta qashshoq ahvolda yashaydi. Kambag‘al bolalarning o‘lim xavfi o‘ziga to‘q yashayotgan oilalarning farzandlariga qaraganda ikki barobar yuqori. Hatto rivojlangan davlatlarda ham har yettinchi bolaga kambag‘allik xavf soladi. Foto: UNICEF Qashshoqlikda yashayotgan bolalar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, kamroq bilim va malakaga ega bo‘lib o‘sishadi, bu esa ularning kelajakda munosib ish topishiga ham xalaqit beradi. Dunyo bo‘yicha 5 yoshdan kichik bo‘lgan 14 mln bola kuchli ochlik, minimal diyeta talablarida ovqatlanmaslikdan azob chekadi. Ularning atigi 25 foizi hayotini saqlab qolish uchun davolanish imkoniga ega. Maktabga borib ham bilim olish imkoni cheklanyapti Dunyodagi har bir bola ta’lim olish huquqiga ega bo‘lsa-da, hamma bundan foydalana olmaydi. Taxminan 600 mln bola va katta yoshlilar o‘qish va matematikani minimum darajada ham o‘rgana olishmagan. Ularning har 4 nafaridan biri maktabda o‘qigan yoki o‘qiyotgan bo‘lsa-da, kerakli bilimlarni egallay olmagan. Foto: UNICEF Bolalarning sifatli ta’lim olishi bilan bog‘liq to‘siqlar juda ko‘p, ular – kambag‘allik, iqtisodiy-siyosiy inqirozlar, nizoli vaziyatlar yoki tabiiy ofatlar. Malakali o‘qituvchilar yetishmasligi, maktab infrastrukturasi yomonligi ham yosh avlodning ta’lim olishiga jiddiy xalaqit beradi. Koronavirus pandemiyasi esa ta’lim inqirozini yanada chuqurlashtirib yubordi. Kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydigan 10 yoshgacha bolalarning 50 foizi shundoq ham o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarida orqada bo‘lgan. Maktablarning uzoq vaqt yopilgani va masofaviy ta’lim yetarli darajada samarali bo‘lmagani sababli o‘rganishida muammosi bor bolalar 70 foizga yetishi taxmin qilinyapti. Bolalar mehnati Dunyo bo‘ylab 160 mln bola majburiy mehnatga jalb qilingan. Pandemiya majburiy mehnatga jalb etiladigan bolalar sonini yanada ko‘paytirishi xavfi mavjud. Foto: UNICEF Ma’lumotlarga ko‘ra, majburiy mehnat qiladiganlarning 28 foizi atigi 5-11 yoshda, 35 foizi esa 12-14 yoshda – ularning ayni maktabga qatnaydigan davri. Turmush tashvishlari sabab o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan ertaroq mehnat qilishga, ro‘zg‘orga qarashishga majbur bo‘lishadi. Qishloq hududlarida yashaydigan bolalar shahardagi bolalarga nisbatan 3 marta ko‘proq majburiy mehnat bilan band bo‘ladi. Erta turmush 18 yoshdan kichiklarning turmushi – erta nikoh hisoblanadi. Pandemiyadan oldin dunyoda 100 mln qizni erta nikoh kutayotgani prognoz qilingan bo‘lsa, lokdaunlardan so‘ng yana 10 mln qizni shunday hayot kutayotgan bo‘lishi mumkin. Foto: UNICEF Erta nikoh qizlarning sog‘ligiga jiddiy xavf soladi, qolaversa, ularning ta’lim olishini cheklaydi, uy zo‘ravonligiga uchrashi holatini ko‘paytiradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling