1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Djon Lokkning pedagogik qarashlari mohiyati nima


Download 334.94 Kb.
bet62/106
Sana18.06.2023
Hajmi334.94 Kb.
#1598392
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
A.Temur

56 Djon Lokkning pedagogik qarashlari mohiyati nima
John Locke (29-avgust 1632 – 28-oktabr 1704), Ingliz faylasufi, hamda liberalizm asoschisi. Asosiy falsafiy asari "Inson aqli toʻgʻrisida tajriba" (1690) inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Locke "tugʻma gʻoyalar" va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha gʻoyalar 2 asosiy manba – tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya) dan kelib chiqadi, deydi. Locke taʼlimotiga koʻra, tashqi tajribaning manbai sezgi aʼzolarimizga taʼsir etuvchi obektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. Locke oʻzining davlat haqidagi taʼlimotida davlat faoliyati eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq, suvereniteti asosidagi konstitutsiyaviy hukumat boʻlishi lozim, deb hisobladi. Bu hukumat barcha uchun ozodlik va teng huquqlilikni kafolatlashi kerak. Shuningdek, hokimiyat boʻlinishi lozim. Locke axloqiy qarashlarida sensualistik asoslarga tayandi. Pedagogikaga oid "Tarbiya haqida baʼzi fikrlar" (1693) asarida tashqi muhitning tarbiyaga hal etuvchi taʼsirini taʼkidladi. Diniy mutaassiblikka qarshi chiqib, din erkinligiga daʼvat etdi. Diniy bagʻrikenglikka toʻrt maktubini bagʻishlagan boʻlib, ushbu maktublar 1689, 1690, 1692 va 1706-yillarda nashr etilgan). Locke'ning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasi tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasiga tayanadi. U assotsiativ psixologiyaning asoschisi. Locke'ning gʻoyalari Yevropa falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida katta rol oʻynadi.
57 Fransiya ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida maktab va pedagogik ta’limot ahamiyati qanday bo‘lgan
Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, "Avliyo Yevlaliya haqida kantilena"). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. "Roland haqida qoʻshiq" asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. "Russilonli Jirar" asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning "Aleksandr haqida roman", "Fiva haqida roman", "Eney", "Troya haqida roman" (barchasi 1140—65 yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) "Erek va Enida", "Iveyn", "Perseval" va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, "Fluar va Blansheflor", "Okassen va Nikolet" kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.
15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) "Gargantyua va Pantagryuel" asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. "Pleyada" deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. "Pleyada" sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) "Pleyada"ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining "Tartyuf", "Mizantrop", "Xasis", "Don Juan" va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.

Download 334.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling