1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Download 331.2 Kb.
bet23/106
Sana03.08.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1664883
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

Suqrot yoki Sokrat (yun.: Σωκράτης taxminan mil. av. 470–mil. av. 399) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. U falsafada toʻntarilish yasagan Suqrot metodi muallifidir. Xususan, Suqrot pedagogiyaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda muallim oʻquvchining oʻzi eng yaxshi javobga kelishi uchun uni yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot Gʻarb falsafasiga hamda uning asoschilari - Aflotun va Arastuga katta taʼsir oʻtkazgan, deb hisoblanadi.


19 Demokritning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari nimada
Demokrit (Demokritos) [taxminan mil. av. 460 — Abderi (Frakiya) — 370] — yunon faylasufi. Atomistik nazariya (qarang Atomizm) asoschilaridan biri. Falsafa, mantiq, fizika, mat., texnika, axloq, musiqa kabi sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bularning ayrim parchalari yetib kelgan. D. taʼlimotiga koʻra, tabiat obʼyektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar boʻlinmas zarralar — atomlardan tashkil topgan.
Atomlar eng mayda, boʻlinmas va oʻzgarmas, boqiy, moddiy zarralar boʻlib, fazoda doimo har tomonga harakat qiladi. Zarralarning har xil kushiluvidan turli narsalar vujudga kelgan. Hatto odamning joni ham eng nozik harakatchan atomlardan tashkil topgan. Atomlar hajmi, shakli, tartibi va qolati bilan bir-biridan farq qiladi; sifat jihatdan esa bir xil, yaʼni rang , hid, maza kabi sifatlar atomga tegishli boʻlmay, balki subʼyekt sezgi organlari mahsulidir. Atomlar bilan bir qatorda boʻshliq mavjud. Atomlar harakati tasodifiy boʻlmay, muayyan qonuniyatlarga boʻysungan holda boʻshliqsa sodir boʻladi. Harakatni materiyadan ajratish mumkin emas. Atomlar harakatining vaqt nuqtai nazaridan boshi yoʻq, u abadiy. D. olam cheksiz va abadiy, dunyolar vujudga kelib, yoʻq boʻlib turadi, jon ham moddiy va tana bilan birga oʻladi degan fikrlarni ilgari surdi. Bilish nazariyasida D. moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini taʼkidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini koʻrsatdi. Uningcha, sezgilarimiz (koʻrish, eshitish, maza bilish va b.) orqali olingan bilim "qorongʻi", u olamning mohiyatini ochib bera olmaydi. Aql op-kali olingan bilim "yorugʻ", haqiqiy bilimdir. Bu yerda D. hodisa va mohiyatni tushuna boshlagani, hissiy bilish bilan abstrakt tafakkurni farq qila olgani koʻrinib turipti. Lekin, u "yorugʻ" bilishni "qorongʻi" bilishdan ajratib qoʻygan. D.ning bu fikri J. Lokk tomonidan ilgari surilgan narsalarning birlamchi va ikkilamchi si-fati toʻgʻrisidagi taʼlimotning kurtagi edi. D. etikada ataraksiya taʼli-motini rivojlantirdi. D. ilgari surgan gʻoyalar uzoq yillar davomida fan va falsafa rivojiga taʼsir koʻrsatdi.
Demokrit Qadimgi Yunon faylasuflari ichida birinchi bo`lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (hatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda: «Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi, balki niyati orqali ham bilib olsa bo`ladi», deydi mutafakkir. Demokrit hayo va ishonchni insonni qing`ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta'riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o`z muvaffaqiyatsizliklarini ma'budlar, taqdir va tasodifdan ko`radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning maqsadi haqida noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgani uchun o`zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling