1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni
Qadimgi Sharq madaniyatini Rim va Yunonistonda ilm-fan rivojiga tasiri qanday bo‘lgan
Download 331.2 Kb.
|
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
13 Qadimgi Sharq madaniyatini Rim va Yunonistonda ilm-fan rivojiga tasiri qanday bo‘lgan
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzum i egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu m adaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon m adaniyatiga turlichayondashdilar va rivojlantirdilar. M asalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircfl. kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, m inutlar va daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi. Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqah Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq m arkaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida m adaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. Ayniqsa, qadimgi yunonistonda m adaniyat, m aktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha k atta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va A ttika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzum i hukm ron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham m ahrum edilar. L ak o n iy a (S p arta)d a kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar m ehnatiga asoslangan dehqonchilik hukm ron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 m ingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi. Spartaliklam ing bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat m uassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom » rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli m ashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gim nastika m ashqlari egallar edi. Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta m aktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: «O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi». Spartada ta ’lim -tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «K reptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish m ashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar. Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar. Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ulam i harbiy va jismoniy tarbiya m alakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta ’m inlar hatto jangga ham qatnashardilar. A fin ad a esa hayot, tartib, intizom, m aktab tizimi va undagi ta ’limtarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eram izdan ilgarigi V—IV asrlarda m adaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi. Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan. Bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi. 256 Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «gram m atist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolam ing bolalari ushbu m aktablarda ta’lim ololmagan. M aktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta ’hm nazariyasi kehb chiqqan). O'g'il bolalami maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan so'zlardan olingan). G ra m m a tist m aktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuli, so'ng qo'shib o'qish usulidan fo y d a la n g a n la r. Y ozuvni o 'rg a tish d a m um su rilg a n y a ltiro q taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. K ifa rist m aktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi. O'g'il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin p a le s tra («kurash maktabi») deb atalgan o'quv yurtiga o'tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o'qish tekin bolgani uchun yoshlaming ko'pchiligi shu yerda o'qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bolganlari esa palestrani tugatgach g im n a siy g a (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fan la ri o'rg atilar, ta h siln i tu g a tg a n la r d av lat boshqaruvihda qatnashishlari mumkin edi. Nihoyat, Spartada bo'lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bolgan yoshlar Efeblar qatoriga o'tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirardilar. Aholining ko'pchilik qismi bolalarni m aktablarda o'qita olmaganligi sababh ularga kasb-hunar o'rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xatsavodi bor ota-onalar bolalariga o'qishni o'zlari o'rgatar edilar. Bu davlat tomonidan qonunlashtirilib qo'-yilib bechorahol tabaqaga m ansub otaonalar o'z bolalariga biror kasbni o'rgatishga m ajbur edilar. Aks holda ulam ing bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to'g'risida moddiy g'amxo'rlik qilishdan ozod etilgan. Download 331.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling