1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni
O‘rta Osiyoda XVI asr va XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy hayot va pedagogik fikrlar
Download 331.2 Kb.
|
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
72 O‘rta Osiyoda XVI asr va XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy hayot va pedagogik fikrlar.
XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi. SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi. «CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan. Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan. Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan. Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi. Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil). Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan. Qorixona - Qur’on yod olingan. Madrasa.
Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi. Download 331.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling