1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni
Amir Temur amal qilgan o‘n bir sifatlarning ta’lim tarbiyadagi o’rni
Download 331.2 Kb.
|
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
42 Amir Temur amal qilgan o‘n bir sifatlarning ta’lim tarbiyadagi o’rni
Amir Temur Mag‘ribdan Mashriqqacha bo‘lgan butun bir imperiya tuzgan. Shu imperiyani tuzishdagi strategik va taktikasini o‘rganar ekanmiz, yoshlarimizga uning tuzgan tuzuklari va hikmatli so‘zlarini shu davrgacha ishlatib kelinganligi va bundan buyon har o‘rni bilan ulardan foydalanishni zarur deb bilamiz. Amir Temur aforizmlari: 1. Birliksiz kuch bo‘lmas. 2. Botir jangda bilinar, dono mashvaratda bilinar. 3. Boshingga qilich kelsa-da, faqat rost so‘zla. 4. Dushmandan qurqma, munofiqdan qurq. 5. Do‘stlik – sinovda chiniqadi. 6. mergan ovda bilinar – botir yov kelsa. 7. Ozuqla ot – horimas. 8. Til – qilichdan o‘tkir. 9. Qonni – qon bilan emas, suv bilan yuvishni o‘rgan. 10. Yaxshini – yomon kunda sina. 11. Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar. Sohibqiron Amir Temur amal qilgan aforizmlarga nazar tashlasak, ular yoshlar va harbiy kasb egasiga yo‘l-yo‘riq berayotganligini hayotda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan turli xil kungilsiz voqea-hodisalarning oldini olishga xizmat qilishini sezib turamiz. Sohibqiron Amir Temurning 27 ta davlatni o‘z ichiga olgan ulkan imperiyasi mohirlik bilan boshqarib, ayni paytda, saltanatni jahon miqyosida shavkatli o‘lkaga aylantirganining tub sabablari nimada?, deb biriladigan savolga avvalo, adolatli boshqarishda, - deb javob bermoq lozimdir. Binobarin, «Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir», deyilgan falsafiy tasdiq, uning rahbarligidagi besh tamoyildir. Bu sohada qomusiy qamrovga ega bo‘lgan «Temur tuzuklarida» mamlakatning idora qilishning 12 ta tamoyili prinsiplari haqida batafsil malumot beriladi. Ularning umumiy tomoni adolatning ustivorligidir, behudaga zulm qilmaslikdir. Ulug‘ amir u yoki bu muhim tadbirlar xususida malum xulosaga kelishi tajribali, shijoatli, maslahatchilar mulohazalariga tayanadi. Bu o‘rinda uning «… Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon va shijoat sohibi, azmi qatiy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir», - degan xulosasini keltirib o‘tish o‘rinlidir. Umumlashtirib aytgan, saltanatni idora qilishda, to‘rt narsaga amal qilingan, ya i 1) kengash, 2) mashvaratu maslahat, 3) qatiy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik, 4) ehtiyotkorlik. Ko‘rinib turibdiki, boshqaruv ishlarida muayan qonun qoidalarga og‘ishmay amal qilingan. Darvoqe, jahongir bobomizning: «Saltanat martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib. Ziyon yetkazishda hech bir kimsaning qurbi yetmasdi», - degan so‘zlarini o‘qib, qudratli imperiyaning kuchli ildizlari nimada ekanligini yana bir imon keltirasan, kishi. Mustaqil Respublikamizga rahbarlik qilishning bugungi kunda joriy etilgan beshta tamoyilida Amir Temur tamoyillari bilan anchagina hamohangliklar mavjudligini ko‘rib merosiy qadriyatlarimizning davlatni boshqarish sohalariga qo‘llanilayotganligidan katta qoniqish hosil qilish va bu sohadagi imkoniyatlarimizni oshirish mumkin. Buyuk sarkarda, taniqli davlat arbobi Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, hatto jahon tarixida salmoqli o‘rin egallagan. Ayniqsa, temuriylar sulolasining XVI-XV asrlar davri olamshumul voqealarga boyligi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlarini yagona bir tur ostida birlashtirishga muvofiq bo‘ldi. Talantli sarkarda barcha xalqlarni o‘z ortidan ergashtirishga erishib, markazlashgan, buyuk va qudratli davlatni vujudga keltirdi. U o‘z davlatini dunyo miqyosida tan olishini istab dastavval davrning eng yuksak bilimiga asoslangan harbiy va davlatchilik sohasida muhim islohotlarni amalga oshira oldi, zamonasiga mos davlat boshqaruv tizimlarini ishlab chiqdi. buning natijasida O‘rta Osiyoda qariyib ikki asrga yaqin mug‘ullarning beboshligi natijasida bosqinchilik, zo‘rovonlik, adolatsizlik va vayronagarchilik hukm surgan feodal tarqoqligini barham berildi, o‘lka xalqlarining o‘z huquqlari, mustaqilligi qayta tiklandi. Iqtisodiy, madaniy, ma ifiy turg‘unlik girdobidan olib chiqildi. Uning buyuk ishlari va salobatli davlati o‘z davrida faqat Sharqda balki, dunyo, ayniqsa Yevropada ham tan olingan edi. Download 331.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling