1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari


Download 331.2 Kb.
bet84/124
Sana05.01.2022
Hajmi331.2 Kb.
#219142
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari.

Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog’langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko’p diniy o’quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o’xshagan o’quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo’lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi.

O’rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning YEvropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.

CHorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo’ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ’ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta’siri kuchli bo’lgan Turkistonning mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi.

Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G’3 o’rin ajratilgan edi.

Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida o’quvchilarning 1G’4 ini va undan ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston o’lkasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari bo’lib, o’zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida o’z ijtimoiy ahvoliga ko’ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil etar edi.




Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling