1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish


Yuridik shaxslar – turizm sohasidagi notijorat tashkilotlar, ularning ishtirokchilari (a’zolari) subyekt tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linishi mumkin


Download 57.63 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi57.63 Kb.
#1798855
1   2   3   4   5
Bog'liq
bobur mustaqil ish

Yuridik shaxslar – turizm sohasidagi notijorat tashkilotlar, ularning ishtirokchilari (a’zolari) subyekt tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
a) faoliyati havaskorlik turizmini tashkil etish va rivojlantirishni rag‘batlantirish, aholini turizm sohasida tarbiyalash, turistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, turizm sohasi tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan turistlarning notijorat tashkilotlari (birlashmalari) (“Turizm to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasi);
b) tadbirkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy mulkiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari (uyushmalari, birlashmalari) (“Turizm to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasi);
d) faoliyati turizm sohasida ijtimoiy, xayriya, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va boshqaruv maqsadlariga erishish, fuqarolarning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirish, fuqarolar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nizolarni hal qilish, huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan boshqa notijorat tashkilotlar, shuningdek, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar.
Qonun turizm xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayyohlik faoliyati subyektlariga turizm sohasidagi ijroiya organlariga, turoperatorlarga, sayohat agentliklariga va ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga, shuningdek turistlarga ma’lum majburiyatlarni yuklaydi. Turoperatorlar sayyoh va ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida mustaqil turizmni amalga oshiruvchi sayyoh va ekskursantlar murojaat qilgan taqdirda, ularni yo‘nalishning xususiyati hamda o‘z xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida xabardor qilishi, turistlar va ekskursantlarni jarohatlanish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish va ulardan himoyalanish usullari bilan tanishtirishi, shuningdek yo‘nalishdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi; falokatga uchragan sayyoh va ekskursantlarga tezkor yordam ko‘rsatishi; tog‘, trek, chang‘i, velosiped, motosikl, g‘or turizmi (tabiiy yer osti yo‘laklari – g‘orlarga sayohatlar) va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish hamda amalga oshirishdagi xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi; sayohat vaqtida sayyohlar, ekskursantlar bilan sodir bo‘lgan favqulodda hodisalar to‘g‘risida, shuningdek sayohatdan qaytib kelmagan turistlar hamda ekskursantlar haqida vakolatli davlat organini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va manfaatdor shaxslarni darhol xabardor qilishi; turistlar va ekskursantlarga sayohatlarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, shuningdek sayohat qilish chog‘ida ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida to‘liq ma’lumot taqdim etishi hamda turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Zamonaviy turizm sanoatida xavfsizlikning universal tushunchasi hali ham mavjud emas. Faol turizmda xavfsizlik, qoida tariqasida, sodda tarzda, asosan “xavfsizlik texnikasi” shaklida ko‘rib chiqiladi. Ehtimol, turizmning faol turlarida xavfsizlik masalalarini hal qilish eng qiyini bo‘lishi mumkin. Lekin aynan shu masalada geografik omillar muhim hisoblanadi. O‘zbekistondagi faol yo‘nalishlarda xavf-xatarni baholashning mavjud yondashuvlari turist sifatida kelgan 61 yoshli Rossiya fuqarosining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi. U 2023-yil 4-yanvar kuni Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ining yonbag‘rida qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risida ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘ida uchgan, natijada qor ko‘chkilari ostida qolgan5.
Fikrimizcha, turoperatorlar va turagentlar sayyohlarga va (yoki) boshqa mijozlarga sayohat
paytida duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan tashqari vaqtinchalik turar joyidagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, siyosiy, harbiy, diniy mojarolar, shuningdek kriminogen vaziyat haqida ham ma’lumot berishlari shart.
Turizm xavfsizligi qonunda huquqiy normani mustahkamlab qo‘yish orqali ta’minlanadi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, agar ular tashkil etayotgan sayohatlar sayyohlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, yo‘riqchi-gidlar xizmatidan foydalanishlari shart. Ayniqsa, tog‘li va o‘tish qiyin yerlardan, speleologik va suv havzalari orqali o‘tadigan turistik marshrutlar sayyohlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavfning ortishi bilan tavsiflanadi.
“Turizm to‘g‘risida”gi qonunning 30-moddasiga muvofiq sayyoh va ekskursantlar shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega. Xorijiy davlatlar hududlarida tibbiy yordam sug‘urta bilan ko‘rsatilgani sababli, ushbu huquqni amalga oshirish sayyohlarni sug‘urta qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sayyohlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, turizm sohasiga yuqori sifatli, xavfsiz va arzon xizmatlarni taqdim etish, shu bilan birga insonlarga sayohat qilishda o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni taqdim etish zarur. Asosiy masalalar: jamoat va davlat xavfsizligini ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish, turizm sohasini tabiiy, texnogen va ijtimoiy tahdidlar, jumladan, ma’muriy huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik tajovuzlaridan va boshqa ta’sirlardan himoya qilishdan iborat.

Download 57.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling