1. Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari
Download 27.42 Kb.
|
Antiseptika va aseptika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosinka boglamlar
Yumshoq bog'lamlar. Yelimli bog’lamlarni jarohatni asosan tashqi muhit ta'siridan himoya qilish uchun qo’yiladi. Bunday bog'lamlarni qo’yishda bog’lov materialini turli xil yelimlar-kleol, kolodiy, leykoplastir yordamida jarohat atrofidagi teriga yopishtiriladi. yelimli bog'lam qo’yish (yelimlash) texnikasi oddiy jarohatga dokani bir necha qavat qilib qo'yiladi, uning atrofiga ensiz qilib kleol qatlami surtiladi. Doka salfetkani tarang tortib turgan holda yelim qatlami ustiga bosiladi va bir oz vaqt tutib turiladi, salfetka teriga zich yopishadi. Kollodiyli bog'lam qo’yishda yelimni tarang tortilgan bosib turgan salfetka ustidan surtiladi. Bog'lov materialini leykoplastir tilishlari bilan yopishtirish mumkin.
Jarohat yuzasini bekitish uchun bakteriosid leykoplastir ham ishlatiladi, unda juda mayda teshiklar borligi tufayli terini bichiltirmaydi va jarohatning bitish prosessini buzmaydi. Kosinka bog'lamlarni kosinka qirqilgan yoki burchakli uchburchak ko'rinishida buklangan mato parchasi yordamida qo’yiladi. Kosinka bog'lamlarni to’g'nog'ich bilan mahkamlanadi yoki kosinka uchini tugib qo’yiladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan standart kosinkaning razmeri 135x100x100sm. Sanitariya sumkalari va birinchi yordam aptechkalari uchun kosinkalarni presslangan holda chiqariladi. Bu holida ular razmeri 5x3x3sm li kubsimon shaklda bo'ladi. Sopqonsimon (palaxmonsimon) bog'lamlarni uzunligi 75-80 smli eni enli bint yoki material parchasidan tayyorlash mumkin. Bintning ikkala uchidan uzunasiga qirqib uning 15-20 sm uzunlikdagi o'rta qismi butun qoldiriladi. Bintning qirqilmagan qismini kerakli sohaga ko’ndalang yo’nalishda qiyiladi. Ikkala tomondagi qirqilgan uchlarini pastki tilishi yuqorida, ustki tilini esa pastda turadigan qilib o'zaro kesishtiriladi va qarama -qarshi tomondagi shunday tilishi bilan bog'lanadi. Burunga va yuqori labga bog’lam qo’yishda bintning ikkala uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va ensada bog'lanadi, boshqa ikkala uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va bo'yindan bog'lanadi. Iyakka bog'lam qo’yishda bintning pastki uchlarini quloq chig’anoqlari tepasidan o'tkaziladi va tepa suyagi sohasida tugib qo'yiladi, ustki uchlarini quloq chig'anoqlari va ensa ustidan o'tkaziladi, kesishtiriladi va chakka suyagi sohasidan o'tkazib, peshonaga chiqariladi va shu joyda bog'lanadi. Download 27.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling