Java bir necha qismlarni o'z ichiga oladi va ular :
1. Simple (oddiy)
2. Object-Oriented (obyektga yo'naltirilgan)
3. Platform independent (mustaqil platformalar)
4. Secured (himoyalangan)
5. Robust (kuchli)
6. Architecture neutral (neytral arxitektura)
7. Portable (ixcham)
8. Dynamic (dinamik)
9. Interpreted (interpretatsiyalangan)
10. High Performance (yuqori tezlik)
11. Multithreaded (ko'p potokli)
12. Distributed (model bo'yicha taqsimlanish)
Simple (Oddiy)
Javaning sintaksisi C++ ga asoslangan. Shuning uchun C++ tilini biladiganlar Javani oson o`rganishadi. Lekin undagi ko`pchilik xususiyatlar olib tashlangan. Masalan: Pointer(ko`rsatkich)lar bilan to`g`ridan to`g`ri ishlash, ya`ni Javada alohida ko`rsatkich tushunchasi yo`q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan.
Object-Oriented (Obyektga yo'naltirilgan)
Object – oriented dasturda turli xil obyektlarini ularning turli xil hususiyatga ega ma'lumotlarni qo'shish tushuniladi.
Obyektga yo'naltirilgan dasturlash (oops) metodologiyasi ba'zi qoidalar bilan ta'minlash orqali dasturiy ta'minot ishlab chiqish xizmatini soddalashtiradi
Oop (Obyektga yo'naltirilgan dasturlash) asosiy tushunchalari:
Object (Obyekt)
Class (Klass)
Inheritance (Vorislik)
Polymorphism (Ko'p formalik)
Abstraction (Mavhumlik)
Encapsulation (Yashiringanlik)
Platform Independent (Platforma mustaqilligi)
Dastur bajarila oladigan ixtiyoriy apparat yoki dasturiy muhit platformadir. Platformani 2 turi mavjud:
Software-based (Dasturga asoslangan)
Hardware-based (Qurilmaga asoslangan).
Java Software-based (Dasturga asoslangan) platformasini ta'mininlab beradi. Java platformasi ikki komponentdan iborat boshqa dastur bajarilishi ta'minlovchi platforma va qurilma platformasi bularga
Runtime Environment (Bajarilish muhiti)
API(Application Programming Interface – dastur uchun dasturlash interfeysi)
Do'stlaringiz bilan baham: |