1. Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?


Download 217.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.11.2021
Hajmi217.38 Kb.
#177615
1   2   3
Bog'liq
jH15

Jinoyatga  tayyorgarlik  ko‘rish jinoyat  sodir  etish  uchun  shart-sharoitlarni 

yaratishda  ifodalanadi. Jinoyatga  suiqasd (harakat  bilan,  alohida  hollarda 

harakatsizlik  bilan)  bevosita  jinoyatni  sodir  etishga  qaratilgan  bo‘lib,  jinoyatning 

obyektiv  tomoni  amalga  oshiriladi,  ammo  u  jinoyatchiga  bog‘liq  bo‘lmagan 

sabablarga  ko‘ra  oxiriga  yetkazilmaydi.  Тamom  bo‘lgan  jinoyatda  jinoyat 

tarkibining  barcha  belgilari  mavjud  bo‘ladi.  Dastlabki  ikki  bosqich  –  jinoyatga 

tayyorgarlik  va  suiqasd  jinoyat  huquqi  nazariyasida  «taxminiy  jinoiy  harakat» 



tushunchasi 

asosida 


birlashtirilgan. 

 

Shaxsning harakatida tamom bo‘lmagan jinoyat belgilarining mavjudligi obyektiv 



va  subyektiv  belgilar  bilan  chegaralangan.  Shuningdek,  jinoyatni  sodir  etish 

bosqichlari  jinoyat  turlariga  ham  bog‘liq  bo‘ladi. Jinoyatni  sodir  etish  bosqichi

jinoyatchining  aniq  jinoiy  tajovuzni  amalga  oshirishga  qaratilgan  jinoiy  qasddir. 

Jinoyatni  sodir  etish  bosqichlari  qator  obyektiv  belgilari  bilan  farqlanadi. 

 

Jinoyatga  tayyorgarlik  ko‘rish  moddiy  tarkibli  jinoyatlarga  xos  bo‘lib,  bu 



jinoyatning  sodir  etilish  shakliga  bog‘liqdir.  Bu  qoida  jinoyat  sodir  etishning 

ikkinchi  bosqichi,  ya’ni  jinoyatga  suiqasd  qilishga  ham  to‘liq  taalluqlidir. 

 

Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd bu jinoyatning 



obyektiv 

tomoni: 


 

 

a) 



murakkab, 

ya’ni 


bir 

qancha 


harakatlardan 

iborat 


bo‘lsa; 

 

b) 



davomli 

harakatlarda 

ifodalanadi. 

 

 



Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra, jinoyatga harakatsizlik orqali ham tayyorgarlik 

ko‘rilishi mumkin. Amaliyotda esa, bunday holatlar uchramaydi, chunki buni isbot 

qilish 

juda 


qiyin, 

uning 


xavflilik 

darajasi 

juda 

past. 


 

Jinoyat  sodir  etish  bosqichlari  bir-biridan  obyektiv  belgilar  –  jinoiy  harakatning 

tugash  vaqtiga  ko‘ra  farqlanadi.  Bu  o‘rinda  tajovuzning  tamom  bo‘lish  vaqtiga 

ko‘ra  farq  qiluvchi moddiy  va  formal  tarkibli  jinoyatlarni  farqlash  lozim  bo‘ladi. 

 

Ba’zi  amaliyot  xodimlari  va  nazariyotchilar  agar  formal  tarkibli  jinoyat  harakat 



orqali  sodir  etilgan  bo‘lsa,  unga  suiqasd  qilish  mumkinligini  ta’kidlashadi.  Bu 

holat jinoyat obyektiv tomonining boshlanish vaqti bilan tugallanish vaqti o‘rtasida 

muayyan  vaqt  o‘tganida  ahamiyatga  ega.  Bunga  pora  berish  jinoyati  misol  bo‘la 

oladi.  Mansabdor  shaxs bilan bo‘lgan kelishuvga  ko‘ra  pora beruvchi  mansabdor 

shaxsga poraxo‘rlik jinoyatning predmeti – katta miqdordagi pul summasini pochta 

yoki  telegraf  orqali  yuboradi.  Pora  berish  predmeti  yuborilganidan  boshlab  uni 

olgungacha  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ida  jinoyatga  suiqasd  qilinishi  mumkin.  Bunga 

firibgarlik jinoyati ham  misol bo‘la oladi. Firibgarga jabrlanuvchi uchinchi shaxs 

orqali  mulkiy  huquqini  o‘tkazadi.  Mulkiy  huquq  uchinchi  shaxsga  o‘tkazilgan 



vaqtdan  boshlab,  firibgar  uni  qabul  qilib  olguniga  qadar  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ida 

jinoyatga 

suiqasd 

qilinadi. 

 

Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi bosqichini ifodalaydi. 



Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning zaruriy belgisi bo‘lgan oqibat kelib 

chiqqach,  jinoyat  tamom  bo‘lgan  hisoblanadi.  Jinoyatning  oqibati–  tajovuz 

obyektiga  yetkazilgan  turli:  moddiy,  jismoniy,  ruhiy,  siyosiy,  ijtimoiy  zararlarda 

ifodalanadi.  Zararning  xususiyati  va  miqdori  Jinoyat  kodeksida  belgilanadi. 

Shuning  uchun  qonun  talabidan  kelib  chiqib,  jinoyatning  tamom  bo‘lgan  yoki 

bo‘lmaganligini belgilash mumkin. 

 


Download 217.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling