1. Jism tezligining vaqtga bog`lanish grafigidan foydalanib uning t=26 s paytdagi tezlanishini toping m/s


Download 30.9 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi30.9 Kb.
#1415476

2-test
1. Jism tezligining vaqtga bog`lanish grafigidan foydalanib uning t=26 s paytdagi tezlanishini toping(m/s2)?

A) 5 B) -2,5 C) 3 D) -1,5
2. m1=200 g va m2=300 g massali jismlar silliq gorizontal sirtda ip yordamida bir-biriga biriktirilgan. Agar ikkinchi jismga 2N kuch gorizontga nisbatan 600 burchak ostida ta`sir etsa ipdagi taranglik kuchini qiymatini toping (N)?
A) 0,6 B) 1 C) 0 D) 0,4
3. 20 m/s tezlik bilan harakatlanib kelayotgan vagon prujinali to`siqqa urilib to`xtaydi. Agar prujina 12 sm ga siqilgan bo`lsa, vagonning to`xtash vaqtini toping (ms)? π=3 deb oling.
A) 18 B) 6 C) 12 D) 9
4. Chana balandligi h, asosi 15 m bo`lgan tepalikdan tushdi va tepalik asosidan 35 m gorizontal yo`l bosib o`tib to`xtadi. Ishqalanish koeffitsiyenti yo`l davomida bir xil µ=0,4 deb hisoblab, chana tushgan h balandlikni toping(m).
A) 20 B) 30 C) 40 D) 15
5. Liftga osilgan matematik mayatnikning tebranish davri 3 marta ortishi uchun lift qanday tezlanish bilan va qaysi tarafga harakatlanishi kerak?
A) g/9, pastga B) g/9, yuqoriga
C) 8g/9, pastga D) 8g/9, yuqoriga
6. To'g'ri chiziq bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismga gorizontal tekislikda yotuvchi beshta kuch ta`sir eta boshladi. Kuchlarning modullari va kuchlar yo`nalishlari orasidagi burchaklar bir xil bo`lsa, jismning keyingi harakati qanday bo`ladi?
A) aylana bo`ylab tekis harakat
B) to`g`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat
C) to`g`ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat
D) to`g`ri chiziqli tekis harakat
7. Rasmda yuqoriga otilgan jism kinetik energiyasining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Grafikdan foydalanib t=2 s vaqt momentidagi jism potensial energiyani toping(J)? Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang.

A) 20 B) 0 C) 40 D) 10
8. Massasi 500 g bo`lgan koptok h=1,25 m balandlikdan gorizontal sirtga erkin tashlandi. Koptokning sirt bilan urilishi 0,1 s davom etgan va urilish mutlaq elastik bo`lsa, koptokning sirtga ko`rsatadigan to`liq ta`sir kuchini toping(N)?
g = 10 m/s2
A) 50 B) 30 C) 25 D) 55
9. Quvvati 27 MW bo`lgan dvigatel samolyotga 100 m/s tezlik bera oladi. Quvvati 125 MW bo`lgan dvigatel bu samolyotga qanday maksimal tezlik bera oladi(m/s)? Qarshilik kuchi tezlik kvadratiga proporsional.
A) 266,6 B) 166,6 C) 124,2 D) 133,3
10. Biror noma`lum sayyoradan quyoshgacha bo`lgan masofsa 4 a.b ga teng bo`lsa, uning quyosh atrofida aylanish davrini toping(yil)? Yerning quyosh atrofida aylanish davri 1 yil va Yerdan quyoshgacha o`rtacha masofa 1 a.b ga teng.
A) 4 B) 2 C) 1 D) 8
11. Suv solingan idish gorizontal yo'nalishda m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Idishning tubiga ip bog'langan, ipning ikkinchi uchiga massasi 2 kg va suvga to'liq botib turgan sharcha bog'langan. Agar sharcha yasalgan moddaning zichligi 200 kg/m3 bo'lsa, shar turg'un holatga kelgan vaqtdan keyin ipning taranglik kuchini hisoblang (N)? g =10 m/s2
A) 22 B) 44 C) 50 D) 88
12. Radiusi 56 sm bo`lgan bir jinsli shar ichidan sharning yuzasiga urinadigan, radiusi shar radiusidan 2 marta kichik sharsimon kovak ochildi. Sistemaning og`irlik markazi katta sharning markazidan qanday masofada joylashgan (sm)?
A) 14 B) 2 C) 4 D) 7
13. Massasi 1 kg harorati 100C bo`lgan suv muzlaganda qanday issiqlik miqdori ajralib chiqadi (kJ)? c=4200J/kg∙K , λ=330 kJ/kg.
A) 372 B) 42 C) 330 D) 460
14. Depozitsiya nima?
A) moddaning suyuq holatdan to`g`ridan to`g`ri qattiq holatga o`tishi
B) moddaning qattiq holatdan to`g`ridan to`g`ri gaz holatga o`tishi
C) agregat holat o`zgarmasligi
D) moddaning gaz holatdan to`g`ridan to`g`ri qattiq holatga o`tishi
15. Idishdagi bosimni aniqlash uchun unga simobli barometr ulanadi. Rasmda barometrdagi simob sathi ko`rsatilgan. Berilgan ma`lumotlardan foydalanib idishdagi gaz bosimini aniqlang (mm.Hg)? Pat=760 mm.Hg

A)1000 B) 770 C) 960 D) 780
16. Bir idishda 1 mol vodorod va 4 mol azot gazlari bor. Aralashmaning izobarik jarayon uchun molyar issiqlik sig`imi (J/K·mol) qanchaga teng?
A) 10 B) 13 C) 29 D) 40
17. Shisha tayoqchani shoyiga ishqalanganda shoyi qanday zaryadlanadi?
A) zaryadlanmaydi B) manfiy zaryadlanadi
C) musbat zaryadlanadi D) zaryadsizlanadi
18. Rasmda ko`rsatilgsn zanjirdagi ideal ampermetr ko`rsatkichini aniqlang (A)?

A) 6 B) 8 C) 12 D) 3
19. Tomoni a bo`lgan kvadratning uchlarida ketma-ket joylashgan q, 2q, 3q, 4q nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Zaryadi 4q, massasi m bo`lgan zarra bo`shatib yuborilsa, u qanday maksimal tezlikka erishadi?
A) B)
C) D)
20. Rasmda to`g`ri tokli o`tkazgich va undan oqayotgan tok yo`nalishi ko`rsatilgan bo`lsa, A nuqtadagi magnit maydon induksiyasi yo`nalishini aniqlang?

A) ↑ B) ↓ C) → D) ←
21. Zanjirga EYuK 2 V bo`lgan manba, qarshiligi 0,5Ω bo`lgan reostat va induktivligi 1 H bo`lgan g`altak ketma-ket ulangan. Zanjirdan o`zgarmas tok o`tayotgan edi. Biror vaqt momentidan boshlab qarshilik shunday o`zgartirila boshlandiki, bunda tok 0,4 A/s doimiy tezlik bilan kamaya bordi. Tok o`zgara boshlagandan keyin 2 s vaqt o`tgach, zanjirning qarshiligi qanday bo`ladi(Ω)?
A) 0,25 B) 1 C) 0,75 D) 0,5
22. G`altakda hosil bo`lgan tokning vaqtga bog`lanish grafigidan foydalanib, 15-20 s vaqt oralig`idagi o`zinduksion EYuK ning modulini toping (mkV)? G`altak induktivligi L=1mH

A) 2 B) 4 C) 10 D) 0
23. Uzunligi 80 sm massasi 200 g bo`lgan to`g`ri o`tkazgichni induksiyasi B=2 T bo`lgan bir jinsli magnit maydonga rasmdagidek ip yordamida osib qo`yilgan (uning bir uchi tayanchda turibti). Agar o`tkazgichdan I=0,5 A tok o`tishni boshlasa, ipning taranglik kuchini toping(N)?

A) 1,4 B) 0 C) 0,6 D) 1
24. Tomoni a=10 sm bo`lgan kvadrat shaklidagi o`tkazgichdan I=10 A tok o`tganda uning markazidagi magnit maydon induksiyasini toping(mkT)?
A) B) C) D)
25. Katetlari a=3 sm va b= 2 sm bo`lgan to`g`ri burchakli uchburchak shaklidagi jism fokus masofasi F=10 sm bo`lgan yig`uvchi linzadan biror masofada rasmdagidek joylashtirilgan. Hosil bo`lgan jism tasvirining yuzasini aniqlang(sm2)?

A) 7,5 B) 3 C) 3,75 D) 1,5
26. Quyoshdan keladigan nurlar yo`liga botiq ko`zgu joylashtirilgan. Ko`zguning egrilik radiusi 10 sm bo`lsa quyosh nurlari ko`zgu qutbidan qanday masofada yig`iladi(sm)?
A) 10 B) 5 C) 20 D) 2,5
27. Qaysi rasmda jismning yassi ko’zgudagi tasviri to’g’ri tasvirlangan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
28. Yer sirtiga keladigan quyosh nurlari energiyasining maksimumiga to`g`ri keladigan to`lqin uzunlik 0,47 mkm ga teng. Vin doimiysi b=2,9∙10-3 m∙K bo`lsa quyosh sirtidagi absolut temperaturani toping (K)? A) 5250 B) 7280 C) 4500 D) 6170
29. Qandaydir radioaktiv modda 3 ta α va 2 ta β yemirilishga uchraganidan so`ng uning yadrosi tarkibidagi neytronlar soni nechtaga kamayadi?
A) 5 B) 9 C) 4 D) 8
30. Vodorod atomidagi elektron E1=-13,6 eV energiyalik pog`onadan E2=-1,5 eV energiyalik pog`onaga o`tdi.
Bunda atom ………
A) 15,1 eV energiyalik foton yutadi B) 12,1 eV energiyalik foton yutadi
B) 2,1 eV energiyalik foton chiqaradi
C) 12,1 eV energiyalik foton chiqaradi
D) 12,1 eV energiyalik foton yutadi
D) 15,1 eV energiyalik foton chiqaradi



Download 30.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling