1. Jism yo’lning birinchi yarmini 9 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa 2 marta sekinroq o’tgan bo’lsa, uning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)


Download 35.5 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi35.5 Kb.
#139552
Bog'liq
2-test


PowerPlusWaterMarkObject60094488


2-TEST.
1. Jism yo’lning birinchi yarmini 9 m/s tezlik bilan , ikkinchi yarmini esa 2 marta sekinroq o’tgan bo’lsa , uning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)?

A) 4 B) 5 C) 6 D) 8


2.Harbiy reaktiv samolyot 10 s da tezligini 450 dan 900 km/h gacha oshirdi. Tezlanishni aniqlang (m/s2).

A) 90 B) 45 C) 12,5 D) 25


3. Jism aval t vaqt boshlang’ich tezliksiz 2a tezlanish bilan , keyin t vaqt -2a tezlanish bilan , so’ngra t vaqt a tezlanish bilan harakat qilsa , uning harakat oxiridagi oniy tezligi qanday bo’ladi ?

A) 0,5 at B) at C) 2at D) 0


4. Jism tekis tezlanuvchan harakat qila boshlab 2 s da 30 m yo’l bosgan bo’lsa, u qanday tezlikka erishgan (m/s)?

A) 15 B) 30 C) 35 D) 60


5. Boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism harakatining1-sekundida 3m yo’l bossa, u harakatining 2-sekundida necha yo’l o’tadi ?

A) 3 B) 4,5 C) 9 D) 18


6. x o’q bo’ylab harakatlanayotgan jism koordinatasining vaqtga bog’lanishi x=–40+5t+t2 korinishga ega. t=5 s paytdagi jismning tezligi qanday boladi?

A)5 B)12 C)15 D)7
7. Tinch turgan jism o’zgarmas tezlanish bilan harakat boshlab, uchinchi sekundda 5 m yo’l bosdi. U dastlabki 3 sekundda necha metr yo’l o’tgan?

A) 7 B) 9 С) 11 D) 5


8.Avtomobil 100 m yo’lda tezligini 36 dan 72 km/h gacha oshirgan bo’lsa, u qanday tezlanish bilan harakatlangan (m/s2)?

A) 0,15 B) 0,2 C) 0,3 D) 1,5


9.Jismning harakat tenglamasi s=30t-0,5t2 (m) ko’rinishda bo’lsa, u necha sekunddan keyin to’xtaydi ?

A) 30 B) 50 C) 60 D) 75


10. Jism tezligining vaqtga bog`lanishi grafikdagiday bo`lsa,jism 6 s ichida bosib o`tgan yo`lini toping. (m). A) 24 B) 12 C) 6 D) 4



Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling