1. Jismoniy rivojlanishi Funksional holati
Ikki oyoqda 10 sek. davomida yon tomonga sakrash
Download 58.62 Kb.
|
6-ma\'ruza sport — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqqonlikni aniqlash sinovlari.
- Chimdalilikni aniqlash sinovi.
Ikki oyoqda 10 sek. davomida yon tomonga sakrash.Sinov qum qoplangan maydonchada yoki sportzalda o‘tkaziladi. Yo‘lakchada 35 sm orasi ikkita chiziq chiziladi, zalda esa rangli lenta bilan belgilanadi. Bola o‘ng oyog‘i bilan chiziqni bosib turadi, “start” buyruq berilgandan so‘ng yon tomonga o‘ng oyog‘i bilan chap tomondagi chiziqni mo‘lljallab sakrashni boshlaydi. Tarbiyachi sekundomerni yoqib, “Stop” deganicha. Ikkinchi tarbiyachi chap tomonga xar bir sakrashini xisobga oladi, boladan chiziqni aniq bosish talab qilinadi. Test 2 marta o‘tkaziladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test uchun kerakli anjomlar: sekundomer, 2 ta rangli skotch-lentasi, maydoncha. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan. Chaqqonlikni aniqlash sinovlari.30 metr masofaga yugurish. Yugurish yo‘lagi eni 2-3 m, uzunligi 40-metrdan kam bo‘lmasligi kerak, sinov stadionda o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Bayroqchalar bilan start va finish chiziqlari belgilanadi. Sinovni 2 ta tarbyachi o‘tkazadi, bittasi start chiziqida bayroqcha bilan turadi, ikkinchisi finishda sekundomer bilan. Test uchun kerakli anjomlar: 2ta sekundomer, 2ta bayroqcha, belgilangani yugurish yo‘lakchasi. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan. 3x10 m masofaga yugurish. Yo‘lak uzunligi 15 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, paralel 2 ta chiziq va ikki tomonida 2 ta aylana (diametri 0.5m) chiziladi. Bola chiziqda turib qarama qarshi krugdagi kubikga qarab, start berilganda yuguradi, kubikni olib qaytadi, krug ichiga qo‘yadi. Sinov 1 ta urinishda bajariladi. Test 4-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan. Test uchun kerakli anjomlar: sekundomer, kubik hajmi 5 sm3, belgilangan yugurish yo‘lakchasi, bo‘r. Chimdalilikni aniqlash sinovi.90, 120, 150, 300 m masofaga yugurish(bolani yoshiga qarab). Ikki nafar tarbiyachi stadionda yoki belgilangan maydonchada o‘tkizadi. Masofada start va finish chiziqlari belgilanadi. Bolalar start chizig‘ida turadilar, start buyrug‘i berilgandan so‘ng sekundomer yoqiladi, finish chizig‘ini kesib o‘tganda o‘chiriladi. Sinov bitta urinishda bajariladi. Sinov 5 yoshar bolalar uchun masofa - 90m, 6 yoshar - 120m, 7 yoshar 150m. 300metrlik masofa 5-7 yoshar bolalar uchun, vaqt hisobga olinmaydi. Download 58.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling