1-joriy nazorat; Reja Iqtisodiy talimotlar tarixi fanining maqsadi va vazifalari


Download 26.92 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1108355
  1   2
Bog'liq
Sherdor Abdurashidov


1-joriy nazorat;


Reja
1.Iqtisodiy talimotlar tarixi fanining maqsadi va vazifalari.
2.Iqtisodiy talimotlar tarixi fanining iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni.
3.O’rta asrdagi iqtisodiy fikrlarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari.
4. Dastlabki iqtisodiy g`oyalar qachon va qayerda paydo bo`lgan?
5. Qadimgi Sharq va Antik dunyo iqtisodiy g`oyalarning mazmuni, yo`nalishlari va farqli jihatlari.
Javoblar

1 Iiqtisodiy ta’limnotlar tarixi fanning predmeti bo’lib bu ma’lum davrlardagi u yoki bu sinflar, ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g’oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayonini o’rganadigan fandir.


Iqtisodiy talimotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo’lgan iqtisodiy qarashlar evolutsiyasi, iqtisodiy g’oya va nazariyalarining shakllanish va rivojlanish qononiyatlarini o’rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi faninng boshqa fanlar bilan aloqasi va o’rganish uslubi.
Bu fan boshqa iqtisody va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog’liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o’rganish orqali ekonomik xalq xo’jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari haqida aniq iqtisodiy o’zlashtirish osonlashtiradi, u yoki bu iqtisodiy o’zgarishlar shart-sharoitlar va oqibatlarni taxlil etishga katta ko’mak beradi.
Masalan; bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to’grisidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776-yil chop etilgan “Halqlar boyligi” asariga asosan to’la tahlil etib berilgan. 2. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o`rinni egallaydi. Insoniyat o`zining ko`p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik tajriba mujassamlashgan bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga oladi. Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.

3. IX-XV asrlarda O’rta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar


Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yеtib kеlganlari E.Avv. 2-ming yillikka to`g`ri kеladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, katеgoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo`jalik , ayniqsa qishloq xo`jaligi ko`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mеhnat dеb hisoblangan.O`rta Osiyoda dastlabki uyg`onish davrida olamga mashhur donishmandlar еtishib chiqdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to`g`ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-kitob muammolari ko`tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Tеmur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g`oyalar vujudga kеldi. Bu еrda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab chiqarish bilan birga savodga ham e`tibor bеrildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya`ni muamola sohasi) bilan bog`liq ekanligi aytildi va "Buyuk ipak yo`li" ni avj oldirishga ahamiyat bеrildi. Jahonda birinchi marta byudjеt (davlat xazinasi), kirim-chiqim daftari, hisob-kitob, maosh, sog`liq, taqsimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko`tarildi. Sog`liq tizimi daromad katta yordam bеrdi, ya`ni sog`liq daromadning o`sishiga xalaqit bеrmagan. Bu davlatda iqtisodiy g`oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha yuksaklikka ko`tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) qallob va tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin sohibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa yеr, suv munosabatlarida muhim g`oyalar bulgan, masalan, yangi yеr olganlar dastabki uch yil dovamida soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal qilinganligi juda muhim narsa bo`lib, u rivojlanishning bosh omili edi. Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik va birlikning ahamiyati tushinib еtilgan.
4. Dastlabki iqtisodiy g`oyalar Gomerning "Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo`lib, iqtisodiyotning natural xo`jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiod (m.a.VIII-VII asrlar) ning "Mehnat va qonunlar" asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug`laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan.
5. Qadimgi Sharqda paydo bo`lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg`onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt "inson tabiati" va uning "tabiiy huquqlari"dan iborat deb qabul qilingan va ko`p hollarda O`rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo`lgan progressiv elementlardan iborat. Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini ta'minlashni talab etganlar.
2-topshiriq
Essey

Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling