1. Jo’xori yetishtirish texnologiyasi Jo’xorini biologik xususiyatlari. Jo’xorini o’g’itlsh


Download 20.27 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi20.27 Kb.
#1512558
1   2
Bog'liq
Makkajo\'xori, jo\'xori, kungaboqarni silos uchun yetishtirish texnologiyasi

O‘g‘itlash. Jo‘xori organik va mineral o‘g‘itlarga ta’sirchan. Kuzgi shudgorlash oldidan gektariga 15-20 t. go‘ng, 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor, 50-60 kg kaliy solinadi.
Tuproqning 3-5 sm li yuza qatlami 12-150 S gacha qiziganda qator oralarini 60-70 sm dan va qatordagi uyalar orasini 15-20 sm dan qilib punktirlab ekiladi. SHuningdek, 65x65, 70x70 sm va 90x90 sm sxemada kvadrat-uyalab ekish usuli xam sinab ko‘rilmoqda. Bunda xar qaysi uyaga 4-6 tadan urug‘ tashlanadi va xar gektar maydonda 60-80 ming tup ko‘chat bo‘lishi ta’minlanadi. Jo‘xori ko‘kati va pichan qilish uchun ekiladigan bo‘lsa, qatorlab va 45x15 sm sxemada qo‘sh qatorlab ekish ma’qul.
Punktirlab ekishda gektariga 10-14 kg, kvadrat-uyalab ekishda 6-10 kg va qo‘sh qatorlab ekishda 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 3-5 sm, engil tuproqli erlarda 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Don uchun-8-10 kg, ko‘kat uchun-15-20 kg urug‘ sarflanadi.
Urug‘ ekilgandan keyin erga yo‘l-yo‘l yoki xalqali katak bostiriladi. Qatqaloq bossa yoki begona o‘tlar o‘sib ketsa, ekin maysalaguncha yoki maysalangandan keyin o‘simlik qatorlariga ko‘ndalangiga boronalanadi.
Begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun tuplanish fazasida jo‘xoriga gerbitsidlar purkaladi. Birinchi kultivatsiyadan keyin jo‘xori mineral o‘g‘itlar (N20P30) bilan oziqlantiriladi. Bunda go‘ng, parrandalar axlati, kuldan foydalanish mumkin.
Don jo‘xorining doni to‘kilmaydi, u doni to‘liq etilganda kombaynda o‘riladi. Shirin jo‘xori doni mum pishiqlik davrida pastdan o‘riladi. Supurgi jo‘xori, odatda doni to‘liq etilishi boshlarida qo‘lda o‘riladi, ro‘vagining bandi yashil bo‘lishi kerak. Poyasi keyin o‘roq mashinada o‘riladi. Ro‘vakdagi doni maxsus asbob yordamida taroqlab olinadi.
Silos uchun ekilgan jo‘xori mum pishiqlik davri boshlarida, pastki barglari qurib to‘kilguncha o‘rib yig‘ib olinadi. Ko‘kati va pichan xosil qilish uchun poyasi dag‘allashguncha, ya’ni ro‘vak chiqarguncha, 10-12 sm balandan o‘riladi. SHundan keyin jo‘xori qayta ko‘klaydi va yaxshi ko‘kat xosili olinadi.
Jo‘xorini dukkakli don ekinlari (soya, burchoq) ga qo‘shib ekkanda, sof xolda ekilgandagiga qaraganda 15-20% ortiq xosil olinadi. Dukkakli don ekinlar jo‘xori qator oralariga yoki unga ko‘ndalang qilib aloxida qatorlar xosil qilib ekiladi. Jo‘xorini bedaga, makkajo‘xoriga qo‘shib ekish xam yaxshi natija beradi.

Kungaboqar bu yarim toʻyingan yogʻ kislotalari, yogʻ va xolesterin almashinuvini normallashtirish xususiyatiga ega.


100 gr. pista oʻz tarkibida 311 mg. magniyni saqlaydi. Bu javdar noniga nisbatan olti barobar koʻp demakdir. Magniy esa oʻz navbatida yurak qon tomirlari faoliyatini normallashtiradi. Kungaboqar asosiy moyli ekini bo’lib ishlab chiqariladigan o’simlik moyining 75 % ni tashkil qiladi. Kungaboqar urug’ining tarkibida 50 – 60 % yarm quriydigan sifatli moy va 16 % oqsil saqlanadi. Moyining yod soni 119 – 114. Moy ishlab chiqarishda uning qoldiqlari ko’p miqdorda oqsil moddasini saqlaganligi uchun chorva mollariga yaxshi qimmatli yem sifatida foydalaniladi. (kunjara, shrot, savatchalarning paholi). Bundan tashqari kungaboqar o’simligi qimmatbaho silos ekinidir. Jahon dehqonchiligida kungaboqar 2004 yilda 213 mln gektarga ekilib, urug’ hosildorligi 8,6 s/ga, yalpi hosili 26,1 mln tonnani tashkil qildi. Uning asosiy maydonlari Rossiya, AQSh, Argentinada joylashgan bo’lib shu bilan birga katta maydonlarda Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Ispaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarda, qisman O’zbekistonda ekiladi.
Kungaboqar seleksiyasida geterozis duragaylaridan foydalanish bu ekinning hosildorligi va o’simlik moyini ishlab chiqarishni keskin oshirilishiga olib keldi. Amerika Qo’shma Shtatlari va Ruminiyada kungaboqarning duragaylarini ekishga to’lig’icha o’tilgan.
Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlarida kungaboqar ko’p tarqalgan mintaqalari – Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Moldaviya, Rossiyaning markaziy qoratuproq mintaqasi, Ural Sibir va Kozog’istonning qator viloyatlaridir.
O’zbekistonda kungaboqar ekini katta ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishda uning navlari moy olish, silos tayyorlash va chaqish uchun ekilmoqda. Oxirgi yillarda bu qimmatli ekin seleksiyasiga e’tibor bir muncha kamayganligi tufayli mahalliy sharoitda yaratilgan navlarga ega emasmiz.
Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling