1. k va n butun sonlari berilgan
Download 94.03 Kb. Pdf ko'rish
|
While( takrorlash operatori)
1. k va n butun sonlari berilgan (n > 0). k sonini n marta chiqaruvchi dastur tuzilsin. 2. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b sonlari orasidagi barcha butun sonlarni (a va b ni ham) chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. (a va b xam chiqarilsin). 3. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b sonlari orasidagi barcha butun sonlarni (a va b dan tashqari) kamayish tartibida chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 4. Bir kg konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 1, 2, …, 10 kg konfetni narxini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 5. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b gacha bo’lgan barcha butun sonlar ko’paytmasini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 6. a va b butun sonlari berilgan (a < b). a va b gacha bo’lgan barcha butun sonlar kvadratlarining yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 7. n butun soni berilgan (n > 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. S = 1 + 1 / 2 + 1 / 3 + … + 1 / n 8. N natural soni berilgan. Shu son bo’luvchilarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Masalan: 30 ning bo’luvchilari 1, 2, 3, 5, 6, 10, 15, 30 9. N natural soni berilgan. Shu son bo’luvchilari yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin. Masalan: N=15; javob: 24 ( chunki 1+3+5+15) 10. N natural soni berilgan. N gacha bo’lgan 3 ga bo’linadigan lekin 5 ga bo’linmaydigan sonlarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. 11. N natural soni berilgan. Shu son tub yoki tub emasligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Faqat 1 ga va o’ziga bo’linadigan son tub son deyiladi. 12. n natural soni berilgan. Quyidagilarni hisoblovchi dastur tuzilsin. a) 2n b) n! ; n!=1*2*3*…*n; ya’ni 1 dan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi. 13. n natural soni berilgan. Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzilsin. 1*2+2*3*4+…+n*(n+1)…*2n; 14. N natural soni berilgan. Shu son mukammal yoki mukammal emasligini aniqlovchi dastur tuzilsin. O’zidan boshqa bo’luvchilari yig’indisi o’ziga teng bo’lgan son mukammal son deyiladi. Masalan: 6 = 1+2+3 mukammal son. 15. N natural soni berilgan. Shu so`ngacha bo’lgan mukammal sonlarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. 16. N natural soni berilgan. Shu son tub yoki tub emasligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Faqat 1 ga va o’ziga bo’linadigan son tub son deyiladi. 17. N natural soni berilgan. Shu so`ngacha bo’lgan tub sonlarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. 18. N natural soni berilgan. N gacha bo’lgan pifagor sonlarini chiqaruvchi dastur tuzilsin. shartni qanoatlantiruvchi sonlar pifagor sonlari deyiladi. 19. N natural soni berilgan. N gacha bo’lgan do’st sonlarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar birinchi son bo’luvchilari yig’indisi ikkinchi so`nga, ikkinchi son bo’luvchilari yig’indisi birinchi so`nga teng bo’lsa, bu sonlar do’st sonlar deyiladi. Download 94.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling