1. Kartografik manbalar Biblografik ma’lumotlar Biblografik manbalar
Download 28.49 Kb.
|
mustaqil talim iqtisodiy
Kartografik manbalar bo’yicha biblografik ko’rsatkichlar tuzish Reja: 1.Kartografik manbalar 2.Biblografik ma’lumotlar 3.Biblografik manbalar (yunoncha: biblion kitob va... grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Biblografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fani deb ataladi. Biblografiya taraqqiyotini turli xil biblografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar tizimi taʼminlaydi. Biblografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan jumladan miloddan avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan biblografik jadval. Biblografiya termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vaqt utishi bilan 17-asr oʻrtalarida kitoblar bayonini bildiradi. Biblografik tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻl yozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻl yozmalar dissertatsiyalar, shaklashga topshirilgan qoʻl yozmalar Biblografiyaning oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi Biblografiya koʻlamini kengaytirmoqda. Biblografiya taraqqiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida Biblografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi.Biblografiya bosma asarlarni aniqlashda, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, Biblografik alohida ilmiy muxitd siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshirishiga taʼsir etadi. Biblografik ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin aloqada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar haqida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Koʻpgina mamlakatlarda Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy kontrol nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlari kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar, rasmiy belgilar alfaviti, nashr joyi yoki sanasi mazmuni mavzu, fan va tarmoklar boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti yili, hajmi sahifa va bezaklar soni, zarur boʻlganda adabiyodilar, narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot . Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat Biblografika, ilmiy yordamchi Biblografika va tavsiya Biblografiyasiga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli Biblografiyaga boʻlinadi. Biblografiyaning alohida turini bibliografiya shaxs Biblografiyasi va oʻlkashunoslik Biblografiyasi tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi. Turkistonda bibliografiya ishi 9 — 15-asr lardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining Biblografiya ruxiyati va ularni tasnif qilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Beruniy "Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid B. tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036-yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. B. qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" 12-asr Xoja Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" 18-asr va boshqa Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin B. bilan rus bibliograflari N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar shugʻullangan. 20-asr 20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926-yil dan Oʻzbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930-yildan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi B. boʻlimining tashkil qilinishi oʻzbek milliy B.sining rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbek tilida tuzilgan dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning "Mukammal ilmiy bibliografiya" (1934) asari boʻlib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling