1. Kartoshkani saqlash usullari Muvaqqat omborlar
Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va kartoshkani saqlash rejimi
Download 30.94 Kb.
|
6 Kartoshkani doimiy va vaqtinchalik omborlarda saqalash texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar va saytlar
Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va kartoshkani saqlash rejimi
MGM bo’lmalarining germetikliligiga alohida e‘tibor beriladi. Bo’lmalardagi gaz bilan tashqi muhit o’rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05 –0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo’lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko’riladi. Yaxshi germetizatsiya qilinganda bo’lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi. Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi. Bo’lmadagi bosim manometr bilan o’lchanadi. Bo’lmaning germetikligini tekshirish uchun bo’lma SO2 gazi bilan to’ldiriladi (10% kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning kontsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o’lchab turiladi. Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi: bunda: E – germetik yopish samaradorligi; Dc – bo’lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o’zgarishi, %; St – bo’lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o’rtacha miqdori, %. Germetik yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo’lmalar uchun Eq0,87–0,98, ya‘ni bunda sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo’lma hajmiga ko’ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim. MGM bo’lmalarida meva va kartoshka 7–8 oy va undan ko’proq muddatga saqlanadi. Adabiyotlar va saytlar: 1. Bo’riev H.Ch., Rizaev R. Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi. Toshkent, "Mehnat" 1996 y. 2. Bo’riev H.Ch., Jo’raev R., Alimov O. Meva-kartoshkani saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. Toshkent, "Mehnat" 2002 y. 3. Rasulov A. Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. Toshkent, "Mehnat" 1995 y. 4. Oripov R., Sulaymonov I., Umurzoqov E. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, "Mehnat" 1991 y. 5. Skripnikov Yu. Xranenie i pererabotka ovoshey, plodov i yagod. Moskva, "Agropromo’shlennost" 1986 g. 6. Polegaev I.V. Xranenie plodov i ovohey. Moskva, "Rosselxsoz-t" 1982 g. 7. Dyachenko S.V. Xranenie kartofelya, ovohey i plodov. Moskva, "Agropromo’shlennost"1987 g. Download 30.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling