12. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga
13. Gaplarning qay birida uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Tilingni asra, boshing ketmasin. B) Sening Toshkentda o‘qishing kerak. C) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonasan, goh xafa bo‘lasan. D) Til – madaniyatimiz ko‘zgusi.
14. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi. B) Turli tasviriy va ta’siriy vositalar qo‘llanadi. C) Sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi.D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
15. Quyidagi gap qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlang: Na’matak – atirgullar oilasiga mansub, bo‘yi 1-1,5 metr, guli yirik, pushti, sariq.
A) badiiy B) ilmiy C) ommabop D) rasmiy
16. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) rasmiy, ilmiy B) publitsistik, ilmiy C) badiiy, so‘zlashuv D) rasmiy, publitsistik
17. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
18. Tushum kelishigi qaysi grammatik vositalar bilan sinonimik munosabatda bo‘lmaydi?
A) chiqish kelishigi bilan B) ko‘makchilar bilan C) qaratqich kelishigi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
19. Qaysi gapda 1-shaxs ko‘plik shaklidagi fe’l 2-shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?
A) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik. B) Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak. C)Qani, endi ishga tushaylik. D)Xo‘sh, endi bunga nima deysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |