27. Bir sinonimik qatorga mansub quyidagi so‘zlarning ijobiy ma’noga egasini belgilang.
A) bet B) aft C) bashara D) chehra
28. Quyidagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,50,6 mm bo‘ladi. Yomg‘ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo‘shilib yiriklashuvidan hosil bo‘ladi. yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama yomg‘ir. Shivalama yomg‘irning yog‘ish miqdori intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg‘irniki esa 100 mm gacha bo‘lishi mumkin.
A) rasmiy uslub B) ommabop uslub C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub.
29. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatiladi?
A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda C) ilmiy uslubda D) rasmiy uslubda
30. Asosan qanday uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanmaydi?
A) ilmiy uslubda B) rasmiy ish uslubida C) so‘zlashuv uslubida D) A, B.
12-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Jonli so‘zlashuv nutqida o‘zlari olmoshi kishilik olmoshlarining qay biri o‘rnida qo‘llanishi mumkin?
A) 2- va 3-shaxs o‘rnida B) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida C) 2-shaxs birlik o‘rnida D) 1-shaxs birlik o‘rnida
2. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
3. Ushbu gaplardan qay birida so‘z qo‘llashda uslubiy xatolik mavjud?
A) Chiroyli ashulalar eshitib dam oldik. B) Zumradning oqilaligi, zukkoligi va suluvligiga katta-kichik maftun bo‘ldi.
C) Bu o‘rinda sukut saqlash insofdan emas D) Anvar uydan chiqib, to‘g‘ri saroy tomonga ketdi.
4. Usluban noto‘g‘ri qo‘llangan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) paxta gulladi B) shohona kiyim C) salohiyatli olim D) bahorni sevasan
Do'stlaringiz bilan baham: |