4. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi B) turli tasviriy va ta’siriy vositalar C) sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi. D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
5. Yozma nutqda quyidagi birliklarning (juftliklarning) qaysi birini o‘zaro almashtirib qo‘llasak, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi?
A) sinonimlarni B) paronimlarni C) omonimlarni D) A, B
6. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
7. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar. D) A,B.
8. Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
9. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri betaraf (to‘g‘ri) ma’noda odamga nisbatan qo‘llanadi?
A) mujimoq B) g‘ajimoq C) kemirmoq D) A,C
10. Qaysi gapga quyilmoq fe’li uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Bir kunda ikki ming dona g‘isht quyildi. B) Bulutlar tobora quyilib, qorayib borardi. C) Simyog‘ochlardagi chiroqlar nuri yerga sutday quyilib turardi. D) Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |