18. III shaxs birlik son shakldagi birgalik nisbat fe’li qanday shakldagi fe’lga manodosh(sinonim) bo‘lib keladi?
A) III shaxs birlik son shakldagi aniq nisbat fe’liga B) harakat nomi shaklidagi fe’lga C) II shaxs birlik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga D) III shaxs ko‘plik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga
19. Qaysi gapda paronimlar noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi. B) Ularning hayoti shunchaki bir ro‘zg‘or tebratish taxlitida o‘tdi.C) Bir asrga tatigulik yillarni bosib o‘tdik. D) Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi.
20. Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ko‘zga ochiq tashlanadi. Ushbu gapda qanday xato bor?
A) imlo bilan bog‘liq xato bor. B) gapda so‘z tartibi bilan bog‘liq xato bor C) so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor D) qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xato bor.
21. Quyidagi sifatlardan qaysi biri kishilarga xos ijobiy xususiyatlarni anglatadi?
A) g‘alcha B) uchar C) dog‘uli
D) barchasi salbiy ma’no bildiradi.
22. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo‘shimchasini chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini.
B) Mehmonlarning yoshi ulug‘i gapirdi. C) Institut kutubxonasi birinchi qavatda. D) Do‘stimning do‘sti mening ham do‘stim.
23. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?
A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi. B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi. C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim. D) Shoir yangi yozgan she’rini o‘qib berdi.
24. Qaysi gapdagi kelishik qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirib bo‘lmaydi?
A) Sizga atagan qo‘shiqlarim bor. B) Shu yo‘ldan yurib murodga yetdik. C) Saharlab shaharga yo‘l oldi. D) Ertaga yomg‘ir yog‘sa kerak.
25. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping.
A) Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi. B) Shahidbek maxdumning mahalla ahllaridan bo‘lib, Xudoyorxon zakotchilarining biridir. C) Birpas bo‘shadi deguncha, kitob ustiga mukkalaydi. D) Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |