19. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchiga almashtirish mumkin?
A) Yurakda jaranglar kuyi, ohangi. B) Biz paxtakormiz, suyagimiz mehnatda qotgan. C) Hali butun qishloq vazmin uyquda. D) Mayning to‘qqizida gilos pishdi.
20. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri betaraf (to‘g‘ri) ma’noda odamga nisbatan qo‘llanadi?
A) mujimoq B) g‘ajimoq C) kemirmoq D) A,C
21. Qanday so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi?
A) shevaga xos so‘zlar B) ma’lum uslublargagina xos so‘zlar C) faqat so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar D) barcha uslublarda ishlatiladigan so‘zlar.
22. Adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos bo‘lgan me’yorlar qaysi qatordagi javobda ifodalangan?
A) lug‘aviy va grammatik me’yor B) orfografik me’yor
C) punktuatsion me’yor D) B, C.
23. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’rif-lash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘radigan uslubdir. Ushbu ta’rif qaysi uslubga mos keladi?
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy-idoraviy D) publitsistik
24. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi
B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi
25. Rasmiy uslubda ko‘pincha qanday gaplardan foydalaniladi?
A) faqat darak gaplardan B) asosan buyruq gaplardan
C) asosan buyruq va his-hayajon gaplardan D) asosan darak va buyruq gaplardan
26. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Otabek hovlining o‘rtasida, tut yog‘ochning yoniga kelib to‘xtagan va janubda kishi yo‘qmi deb alanglar edi. B) Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi.
C) Muhabbat juda oz yigitlarga nasib etadigan yurak javharidir.
D) Doniyor shanba kuni bo‘ladigan to‘yga ko‘mir, o‘tin kabi yonilg‘ilarni tayyorlab qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |