5. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Ahmad Husayn raso ochiqqan ekan. B) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lur, rovon yo‘lda g‘ov bo‘lur. C) Paxta terimi tez suratlar bilan bormoqda. D) Berilgan gaplarning barchasida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud.
6. Adabiy til uchun me’yor sanaladigan so‘zlarni toping.
A) inak, uy, o`jak B) dovuchcha, tuxum, chumoli, beshik C) g‘o‘ra, qarinja, mayak D) taxya, uchak, shoti
7. Fikrning tushunarli bo‘lishiga nimalar vositasida erishiladi?
A) so‘zni to‘g‘ri qo‘llash B) so‘zdagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish C) gapda so‘zlarni tartib bilan joylash D) barchasi to‘g‘ri.
8. Yasovchi qo‘shimchalar qat’iy qonun-qoidalarga ko‘ra qo‘llanmagan so‘zlardan iborat qatorni ko‘rsating.
A) xijolatpazlik, xizmatdosh, dalachilik B) oshkoraviylik, texnikaviy, go‘shtgirlik C) bug‘doykor, buyruqomuz. arzachi, kerilmachoq D) bemustasno, yo‘rmado‘zi, gapchil, gapxo‘r
9. -ni qo‘shimchasi uslubiy noto‘g‘ri qo‘llangan gap qaysi qatorda?
A) Karvon dashtni kezib yurdi B) U otni mindi-yu, odamlarini ergashtirib tog‘ tomon ketdi. C) Botirlari kanal qazadi, Naqshdorlar saroy quradi. D) ...fikrni ravon uslubda izchil bayon etish, orfografik va punktuatsion jihatdan savodli ifodalash hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
10. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan?
A) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi. B) Latifjonni adasi so‘zining ustidan chiqdi. C) Navoiy gulni sevardi. D) Birlashgan yovni qaytarar.
11. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A) ular B) biz, siz, ular C) biz D) biz, siz
12. Ona xalqim, jon-tanim manim, O‘zbekiston Vatanim manim! Ushbu misralarda kishilik olmoshlariga qo‘shilgan qo‘shimcha qaysi kelishik o‘rnida qo‘llangan?
A) jo‘nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) qaratqich kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi
Do'stlaringiz bilan baham: |