1. Kimyoning asosiy tushunchalari Atom massasi – nisbiy atom massa va nisbiy molekular massa
Download 44.63 Kb.
|
2-mavzu (2)
Mol - massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi - "mol".
Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi - aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol 1980-yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma'qulladi: Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan. Molning ta'rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi - Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi. n(x)=N(X)/N(A) shuni e'tiborga olingki, N(x) - o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega. "Modda miqdori" so‘zidagi "modda" so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi "miqdori" so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni "modda miqdori" so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, "modda konsentratsiyaning miqdori" kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki "konsentratsiya miqdori" sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, "modda konsentratsiyasi miqdori" nomi, "modda konstentratsiyasi"gacha qisqartirib olingan. Allotropiya (yun. allos — boshqa va tropos — burilish, yoʻnalish) — kimyo-viy elementning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq od-diy modda holida mavjud boʻla olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki koʻmir holida uchraydi. Umuman hozir maʼlum boʻlgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl oʻzgarishlari boʻlgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. A. hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 — kislorod, O3 — ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha boʻlishi sabab boʻladi (masalan, oq va kulrang qalay). Download 44.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling