1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klaster usulidan foydalanish


INNOVATSION FAOLIYATNI KLASTER USULIDA QO‘LLASHDA UNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISH


Download 93 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi93 Kb.
#1181020
1   2   3
Bog'liq
innavatsion iqtisodiyot mustaqil ish

3.INNOVATSION FAOLIYATNI KLASTER USULIDA QO‘LLASHDA UNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISH.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish haqida yuqorida shakllantirilgan tezis jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada, bir qator sabablarga ko‘ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo‘lmayapti.
SHunday qilib, ta’kidlash mumkinki, xozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
qonunchilik tomonidan yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarga belgilangan milliy maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;
makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga mos kelavermasligi, ayrim xollarda esa unga zid kelishi;
mamlakatning milliy havfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.
Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
milliy havfsizlikni ta’minlash;
iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
sanoatni texnologik qayta jixozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;
tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini hal qilish;
aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
akademik va tarmoq, institutlari, universitetlar va firmalarning ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo‘llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi,texnik va sanoat-texnik tashkilotlar— ular innovatsion nou-xauga ega bo‘lib, boshlang‘ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega bo‘lishi kerak;
ilmiy va muhandis texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini echishda talab qilinuvchi malakali kadrlar uchun ta’lim va o‘qitish tuzilmalari;
tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar;
mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi konsalting tashkilotlari;
ilmiy-texnik axborot xizmatlari — ular istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadi;
iste’molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug‘ullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalari.
YUqorida sanab o‘tilgan struktura birliklari o‘rtasidagi aloqalar sxemasi murakkab bo‘lib, bevosita aloqalarni ham vositachilar va taqsimot tarmoqlari hamkorlikni ham qamrab oladi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling