1. kirish nazariy materiallar reja


Tomchilab sug‘orishning afzalligi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

6.Tomchilab sug‘orishning afzalligi 
O‘zbekiston dehqonchiligida suv resurslarining chegaralanganligi va o‘sib 
borayotgan sug‘oriladigan suvning tanqisligi bois sug‘orishning samarali va iqtisodiy 
usullarini qo‘llash talab etiladi. 
R.R.Shreder nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish 
institutining Samarqand filiali O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish instituti bilan 
birgalikda tomchilab sug‘orish bo‘yicha Jizzax viloyatining 3omin tumanida suv taqchil 
qiyalik erlarda uzumning “Qora kishmish”, “Pushti toyfi”, “Qora janjal” navlaridan 
ekib, 6,5 gektar maydonida tajribalar o‘tkazdilar. 


34 
Tomchilab sug‘orilganda hosildorlik 119 tsnG’gani, ariq orqali sug‘orilganda 89,5 
tsG’gani tashkil etdi. 3 yil davomida jami hosildorlik tomchilab sug‘orilganda 357,2
ts/ga ni, ariq olib sug‘orilganda 268,4 ts/gani tashkil etdi.
Hosildorlik 88 tsn ga kam bo‘ldi. Suv iqtisodi 35% ni tashkil etdi. 3 yil davomida 1 
tsn uzum mahsuloti olish uchun ariq orqali sug‘orilganga nisbatan mehnat sarfi 1,4 kam 
bo‘lgan. 
Samarqand viloyatining erroziyaga molik bo‘z tuprog‘ida uzumzorni tomchilab 
sug‘orilganda hosil 130 ts/ga ni, ariq olib sug‘orilganda 97,8 ts/ga ni tashkil qildi yoki 
33 tsn /ga hosil kam bo‘ldi. 3 yil davomida jami hosil tomchilab sug‘orilganda 392,5 
ts/ga, ariq orqali sug‘orilganda 293,5 ts/ga ni yoki 34% hosil ko‘p bo‘ldi. 
Erroziyalik bo‘z tuproqlarda sug‘orish hajmi ariq orqali sug‘orilganda 3860 m
3
ni, 
tomchilab sug‘orilganda 2770 m

tashkil qildi yoki 1090 m
3
/ga kam bo‘ldi. Suv iqtisodi 
30% ni tashkil etdi. 
Qiyalik toshloq tuproqlarda ariqlardan sug‘orishda suv hajmi 7520 m
3
/ga ni tashkil 
etdi (sug‘orish hajmi 580 m3/ga) tomchilab sug‘orilganda 4435 m
3
/ga bo‘ldi. 
Sug‘oriladigan suv iqtisodi 3085 m
3
/ga ni tashkil etdi, yoki 44,7% ni. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling