1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Tok tupining tuzilishi:
1. Yer ostki qismi: a) yer ostki tanasi; b) ildiz«tovoni»; v) shudring shimuvchiildizlari; g) tanasi (shtamb) 2. Yer ustki qismi: d) tupning kundasi; e) zang («qo‘llar»); j) zangning novdalari; z) meva novdalari; i) yer osti tanasidan chiqqan bachki novda; k) qo‘ltiq novdalar; l) o‘rinbosar novdalar. Bir yillik 4-8 va 12 ta kurtak qoldirib kesilgan pishgan novdalar hosil novdalar deb nomlanadi. Bu kurtaklardan hosilli va hosilsiz novdalar rivojlanadi. Novdada sho‘rasi bor novdalar hosilli novda, sho‘rasi bo‘lmagan novdalar hosilsiz novda deb ataladi. Bir yillik novdalarning markazida qo‘ng‘ir tusga kiradigan o‘lik xujayralardan iborat o‘zak bo‘ladi. O‘zak bo‘g‘im ichidagi to‘siq-diafragma bilan bo‘linadi. Diafragma - parenxima xujayralaridan tuzilgan, kraxmalga boy bo‘ladi. Diafragmaning tirik hujayralari o‘zakning o‘lik xujayralaridan ajratib turadi. Bo‘g‘imda qayerdaki to‘pgul yoki jingalak rivojlansa, diafragma yoppasiga-yetarli, jingalaksiz bo‘g‘inda esa diafragma etarli emas. Bo‘g‘im va diafragmalar novdani pishiradi va o‘zida zaxira oziq moddalarni to‘plab saqlaydi. O‘suvchi yosh novdalar yashil rangli, uchki qismi egilgan bo‘ladi. O‘sishdan to‘xtaganda novdaning uchi to‘g‘rilanadi va qo‘ng‘ir rangga kiradi, yog‘ochlanadi, novdaning barglari to‘kiladi, hamda qurib qoladi. Novdaning uchki qismi egilgan bo‘lishiga sabab shuki, novdaning yuqori tomoni pastki tomoniga qaraganda tez o‘sadi. Tok o‘simligi juda qarigandan so‘ng novdaning ikkala tomoni ham bir xilda o‘sadi va novda to‘g‘rilanadi. qo‘ltiq novdalar yuqori tomonga, kurtaklar esa pastki tomoniga joylashadi. Pastki tomoni hamma vaqt yuqori tomoniga qaraganda kuchli rivojlangan bo‘ladi. Bo‘g‘im oraliqlarning kurtaklar yuqorisida joylashgan tomoni novsimon, uning qaram-qarshi tomoni yassi tomon bo‘ladi. Bu tomonlar yuqori va pastki tomonlarga qaraganda kuchsiz rivojlangan. Tok novdasining ko‘ndalang qutbligi (dorziventrallik) shu bilan ifodalanadi. Tok o‘simlik novdasi jadal o‘sish xususiyatiga ega. Kurtaklarbo‘rtishni boshlashdan oldin poya sekin-asta uchki qismidagi meristema hujayralarining bo‘linishi va bu davrida boshlang‘ich barglar, to‘p gulva jingalaklar bo‘rtmalar ko‘rinishida shakllanadi, bo‘g‘imlar o‘sish konusi bo‘yicha aniq bir tartibda joylashadi. Keyinchalik novda asosan bo‘g‘im oraliqlarining cho‘zilishi hisobiga o‘sadi (interkalyar o‘sish). 66 Novdaning birinchi boshlang‘ich 2-5-bo‘g‘im oralig‘i faqat uchki o‘sish nuqtasidan o‘sadi. Bu monopodial o‘sish deb nomlanadi. 3-6-bo‘g‘imlarda monopodial, simpodial o‘sish bilan almashiladi. Bu davrida novdaning asosiy siljigan nuqtalari to‘pgul yoki jingalak hosil qiladi. Bunday o‘sish sympodial o‘sish deyiladi. Monopodial o‘sishning simpodial o‘sish bilan almashinuvi novdada bo‘g‘imlarining to‘pgullar va jingalaklar bilan birgalikda yoki ularsiz qonuniyat asosida joylashuviga sabab bo‘ladi. Novdada jingalaklar quyidagi qonuniyat asosida joylashadi. Jingalak ikkita bo‘g‘imdan so‘ng jingalaksiz bitta bo‘g‘im keladi. Faqat tokning labruska turida jingalaklar novdaning barcha bo‘g‘imlarida rivojlanadi. Urug‘dan uzumni ko‘paytirishda, urug‘ ko‘chat poyasi urug‘ murtak kurtakchasidan rivojlanishi va dastlabki novdaning paydo bo‘lishidan boshlanadi. Urug‘ qobig‘i yorilib asosiy (bosh) ildiz paydo bo‘ladi. So‘ngra urug‘palla osti o‘saboshlab, dastlab u bukilgan, keyinchalik to‘g‘ri shaklga kiradi, natijada urug‘palla tuproq yuzasiga chiqadi. Urug‘likda urug‘palla ranglari yashil pallaga kirib, barg vazifasini o‘tay boshlaydi. Urag‘ palla osti rivojlanishi bilan dastlab o‘tkazuvchi tizim ham shakllanadi va poya o‘z vazifasini bajarishga kirishadi, hamda urug‘pallalar orasida joylashgan murtak kurtakchalari rivojlana boshlaydi. Kurtakchalar o‘sish nuqtasidagi hujayralarda metaboliz jarayonlari kuchayadi, meristematik faollik natijasida o‘sish konusi shakllanib, uning rivojlanishi oqibatida novda o‘sadi. O‘saboshlagan novdaning o‘sish nuqtasi yonidan barg murtagi, undan esa o‘sish jarayonida qo‘ltiq kurtaklar shakllana boradi. Barg bo‘rtmasidan barg bandi, barg shapalog‘i shakllanadi. Urug‘ ko‘chatning dastlabki chinbargi urug‘ o‘sishi boshlanishining 22-27 kunida paydo bo‘ladi. Keyinchalik u shikast topmasa asosiy poya sifatida o‘sishda davom etadi va o‘suv davrining oxirigacha unda 15-30 tagacha spiral shaklida joylashgan barglar hosil bo‘ladi. Urug‘ ko‘chat novdasining 6-10 bo‘g‘imigacha novdalar monopodial tarzda o‘sadi. O‘sish konusi markaziy o‘qining rivojlana borishi oqibatida barg murtaklari ajralib, ularning qo‘ltig‘ida meristematik bo‘rtma xosil bo‘lib, rivojlanish jadallashadi va novda o‘sishda davom etadi. Bosh o‘q rivojlanishisekinlashib, chetga og‘adi va jingalak hosil bo‘ladi. Novdaning bunday tipda o‘sishi simpodial o‘sish deb ataladi. Keyinchalik tok novdasining butun uzunligi bo‘ylab aralash monopodial-simpodial o‘sish tipi kuzatiladi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling