1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

 
 
 
 


23 
– Pastdan 2 ta kuchli novda o‘rinbosar uchun qoldiriladi 
– Surx 8–12 ta kurtak qoldirilib kordon simga o‘raladi 


24 
 
Kordon sim tagidagi barcha yashil novdalar olib tashlanadi. 
 
 
O‘rinbosar novdalardan chiqqan yashil novdalarni yangilash uchun qoldiriladi. 
 


25 
“Lira”shakldagi simbag‘azlardan foydalanish hosilni yana ham oshirish 
imkonini beradi. 
 
 
 
D i q q a t 
Bu usul uzumlari etarli darajada kuchli o‘sadigan tokzorlarda yaxshi samara 
beradi 


26 
Lira usulining yon tomondan ko‘rinishi: 
– Yashil novda va barglar sim orqali tikka o‘sgan; 
– Quyosh nuri optimal tushadi; 
– Kasallik va zararkunandalarni nazorat qilish qulay. 
 
X u l o s a 
• Agar barcha ko‘rsatilgan kesish bosqichlari to‘g‘ri bajarilsa hosildorlik 
kamaymaydi va tokning rivojlanishi yaxshi tomonga o‘zgaradi.
• Birinchi mavsum yoz davrida tokning pastki qismida hosil bo‘lgan novdalarni 
kesib turish juda muhimdir. Agar ular kesilmasa, yuqoridagi novdalar yaxshi 
rivojlanmaydi. 
TUPROQQA ISHLOV BERISH 
Tokning bir me’yorda o‘sishi va hosil berishi uchun tup-roqda bahor, yoz va kuzda 
(suv-havo rejimini yaxshilash, begona o‘tlarni yuqotish va toklarni qishki sovuqlardan 
himoyalash uchun) ishlov berish zarur. Tuproqqa kuzda 25–30 sm chuqurlikda ishlov 
berish bahorga kelib tuproqda ko‘p miqdorda nam to‘planishiga, begona o‘tlarning 
yo‘qolishiga yordam beradi. 
Agar tokzorga kuzda ishlov berilmagan bo‘lsa, bahorda toklarni mexanizatsiya 
usulida chala ochish bilan bir vaqtda er haydaladi. Toklar ochilgandan keyin qator 
oralaridagi tuproqni tekislash uchun kultivatsiya qilinadi yoki boronalanadi. 
O‘sish davri davomida tuproqda begona o‘tlarni yuqotishda va unda namni saqlab 
turish uchun qator oralari 10–12 sm chuqurlikda 3–4 marotaba kultivatsiya qilinadi. Har 
bir sug‘orishdan keyin hamda lalmi tokzorlarda esa mo‘l yoqqan har bir yomg‘irdan 
so‘ng kultivatsiya qilish kerak. 


27 
Bahor, yoz davomida yumshoq qatlam hosil qilish va begona o‘tlarni yuqotish uchun 
NYu–18 plugi o‘rnatilgan moslama bilan tok tupi atrofidagi tuproqqa ishlov beriladi. 
Hozirgi vaqtgacha toklarning bir qismi er bag‘irlatib o‘stiriladi, bunday tokzorlarda 
bahorda tuproq chopiladi, yozgi sug‘orishlardan keyin yumshatiladi. 
Mexanizmlarning ko‘p karra o‘tishi va sug‘orish natijasida tok qator oralarining 
tuprog‘i kuchli zichlanadi, bu tok tuplarining o‘sishi va hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. 
MPV mashinalarida o‘g‘it solish bilan bir vaqtda har bir qator orasida tuproqni uch 
iz bo‘ylab har yili yumshatish kerak, chunki bu holda yon yumshatgichlar tuproqqa 35–
40 sm chuqurlikda botadi va ildiz sistemasini uncha shikastla-maydi, markaziy 
yumshatgich esa 55–60 sm chuqurlikka botadi. Agar ish 55 sm chuqurlikda uch iz 
bo‘ylab yumshatadigan MPV mashinasi bilan bajariladigan bo‘lsa, bu holda qator ora-
latib yumshatish kerak. 
Bunday yumshatishda tuproqning suv-havo rejimi normalashib, ildiz tizimi yaxshi 
o‘sadi. Natijada hosildorlik 35–40 % oshadi. 
Lalmi tokzorlarda tuproq bahorda chuqur yumshatiladi, keyin o‘sish davri davomida 
18–20 sm chuqurlikda yumshatib turiladi. Tok parvarishi davomida 18–20 sm 
chuqurlikda yumshatib turiladi. Tok parvarishi MPV, NYu–18, UOM–50, pnevmatik tok 
ochkichlar bilan bajariladi. 
MPV, NYu–18 mashinalari bilan sug‘orish egatlari ochiladi, qator oralari 
kultivatsiya qilinadi va yoppasiga yumshatiladi. 
MPV mashinasiga o‘rnatiladigan NYu–18 moslamasi yordamida toklar chala 
ochiladi va qatorlardagi tok tuplari atro-fidagi tuproqga ishlov beriladi. 
T–54V, MTZ–80 yoki MTZ–82 traktorlariga o‘rnatiladigan pnevmatik tok 
ochgichlar bilan tok to‘la ochiladi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling