0
S dan salgina yuqori 4-5
0
S turadigan va nisbiy xavo namligi
70-75% bo‘lishi lozim. Yer to‘la yeriga 10-15 sm qalinlikda namligi 10% bo‘lgan qum
solinadi. Shundan so‘ng qalamchalar bog‘lari bir necha qavat qilib, uzunasiga
joylanadi, birinchi qavat bilan ikkinchi qavat orasiga 2-4 sm qalinlikda qum solinadi;
eng ustki qavati 15-20 sm qalinlikda qum bilan ko‘miladi va keyin ustiga sintetik
plyonka yopiladi. Saqlash vaqtida plyonka 2-3 marta ochiladi, 1-2 kun qalamchalar
shamollatiladi va ortiqcha namlik chiqarilib yuboriladi.
Qalamchalarni namlash: Qalamchalar suvda namlanganda qalamchalarning hayot
faoliyati oshadi va uning tarkibidagi namlikni ko‘paytiradi, qaysiki ularni saqlash
vaqtida namlik tabiiy kamayadi. Qalamcha bog‘larini namlash uchun 15-16
0
S
haroratda 2-3 kun suvga botiriladi. Daryo yoki oqar suvlari kam zichlikka ega bo‘lib,
yomg‘irlatganda yaxshi namlanadi. Namlash uchun tabiiy suv sig‘imlari, hamda suv
havzalari, bochkalar va boshqa sig‘imlardan foydalanish mumkin. Namlangandan keyin
qalamchalar buzilmaganligi tekshiriladi. Buning uchun kesiklari yangilanadi va ular
ko‘zdan kechiriladi. Ular och yashil rangda bo‘lishi kerak, qalamchalar kesigi
siqilganda po‘stloq qatlamlari ichidan nam ajralib chiqishi kerak. Qalamchalarning
pastki va yuqorigi kesiklarini yangilash: qalamchalarni ekish uchun talab qilingan
uzunlikda kesish o‘tkazish bilan bir vaqtda ularning pastki va yuqorigi kesiklari
yangilanadi. Qalamchani pastki bo‘g‘imi ostidan 0.4-0.5 mm uzoqlikda to‘g‘ri qilib
kesiladi, buning uchun tok qaychini bo‘g‘im oralig‘ini kesiladigan qismida ushlash
kerak. Keyin qalamchalarni qabul qilingan uzunligi o‘lchanadi va qalamchalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |