1. kirish nazariy materiallar reja


ustiga 8-10 sm qalinlikda yumshoq nam tuproq solinadi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

ustiga 8-10 sm qalinlikda yumshoq nam tuproq solinadi, qalamchalarni yaxshi
kilchyovkalash uchun ustiga go‘ng solib, parnik ramalari yopish mumkin, qurib 
qolmasligi uchun erning yuqori qatlamini vaqt-vaqtibilan sug‘orib turish lozim. 
Kilchyovkalash 12-15 kun davom etadi. Qalamchalar pastki qismidagi kesilgan
joyda sarg‘ish-oq g‘urra shaklida kallus hosil bo‘ladi, bu ildiz boshlang‘ichi 
hisoblanadi. Bunday ko‘rinishdagi qalamchalar kurtaklari bo‘rta boshlagandan so‘ng, 
taxminan, aprelning birinchi yarmida o‘tqaziladi.
Ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash. Agar qalamchalarda ko‘p
miqdorda zararlangan ko‘zlar bo‘lsa, bunday holatda ekishdan oldin qalamchalarni
stratifikatsiyalash o‘tqaziladi. Bu maqsadda qalamchalar oddiy namlashdan keyin 20-
25

S haroratli binoga olib kelinadi va ularni nam qirindida ko‘zlari unib chiqguncha 
tutib turiladi, bundan keyin qalamchalar sog‘lom ko‘zlariga qarab ajratib olinadi.
Ekishdan oldin qalamchalarni stratifikatsiyalash zararlangan ko‘zli qalamchalarni 
ajratishga imkoniyat beradi va qalamchalarni yaxshi ildiz olishini ta’minlaydi.
Umumiy ma’lumot: Uzum ko‘chatlarini etishtirish uchun qalamchalar
ko‘chatzorga ekiladigan qalamchalar sifatiga va etishtiriladigan ko‘chatlarni 
parvarish qilishga bog‘liq.
Shuning uchun ko‘chatzorga eng yaxshi maydonlarni ajratish va ko‘chatzor 
tuprog‘iga ishlov berish va uzum ko‘chatini parvar ish qilishda yuqori agrotexnika 
tadbirlariga amal qilish juda zarur. Tok ko‘chatzori uchun tekis, doimo suv bilan 
ta’minlanadigan, unumdor maydonlar ta’minlanadi. Tuproq tarkibi va maydonning
unumdorligini oshirish uchun tok ko‘chatzorida almashlab ekish joriy etiladi.
Odatda uzum ko‘chatzorida uch, to‘rt va besh dalali almashlab ekish qo‘llaniladi.
Suv bilan yaxshi ta’minlangan xo‘jaliklar uchun besh dalali almashlab ekish
quyidagi ekinlarni navbatlanishi tavsiya etiladi: 
Ertagi sabzavotlar, yozgi beda ekish bilan yoki bahorgi donli, beda ekish bilan; 
Beda; 
Poliz yoki kuzgi bug‘doy; 
Tok ko‘chati. 


71 
Cheklangan sug‘orish imkoniyatli maydonlarda to‘rt dalali almashlab ekish tavsiya 
etiladi: 
Ko‘chatzor maydonining o‘lchami xo‘jalik bo‘yicha etishtiriladigan uzum 
ko‘chatlariga va bir gaktardan chiqadigan ko‘chatlarga mos ravishda belgilanadi. 
Ko‘chatzor uchun ajratilgan maydon kuzda 50-60 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi va 
shuningbilan bir vaqtda gektariga 20-40 t go‘ng va 300-400 kg superfosfat va 40-50 kg 
kaliy xlorid solinadi.
Erta bahorda ag‘darib haydalgan erlar ko‘p marta baronalash va kultivatsiyalashda 
tekislanadi, keyin maydon bir gektarli kartalarga va kvartallarga bo‘linadi. Qator 
yo‘nalishi maydonning konfiguratsiyasiga, uning qiyaligi va sug‘orishga qulayligiga 
qarab belgilanadi. Qatorlar tayoqchalarda belgilanadi. Qatorning bir tomoniga 
kilchyovkalangan qalamchalar orasida 10-12sm masofa qoldirib ekiladi. Qator orasining 
kengligi xo‘jalikdagi ko‘chatzorda ishlaydigan mavjud rusumli mashinalar va tuproq 
unumdorligiga qarab belgilanadi va odatda qator orasi 80-90 sm qoldiriladi.
Bir gektarga ekiladigan qalamchalar miqdori qatorlar orasi va qatorda ekilgan 
qalamchalar soniga bog‘liq. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling