1. Kirish raqobatning mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o`rni


-rasm. Raqobatdoshlik ko’rsatkichlarining guruhlanishi


Download 229.47 Kb.
bet3/8
Sana04.01.2023
Hajmi229.47 Kb.
#1078808
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUSTA1

2-rasm. Raqobatdoshlik ko’rsatkichlarining guruhlanishi

Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni mamlakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum shaharlari va tumanlarida jamlanadi. Masalan, AQSHda ko’chmas mulk bilan savdo qiluvchi etakchi firmalarning ko’pchiligi Dallas(Texas shtati)da, neft va gaz olish uchun uskunalar etkazib beruvchilar Xyuston(Texas shtati)da, kasalxonalarni boshqarish tuzilmalari Neshvill (Tenessi shtati) atrofidagi janubiy markaziy mintaqada, gilamlar tayyorlovchilar Dolton(Jorjiya shtati)da, sport poyafzallari tayyorlovchilar Oregon shtatida joylashgan. Ko’rinib turibdiki, bu erlarda ular uchun qulay sharoit mavjud. Garchi mazkur ishimiz mamlakatlar miqyosida bo’lsada, sanoat tarmoqlarining mamlakat u yoki bu mintaqasida jamlanishini tushuntirib berish ham muhimdir.


Hukumat siyosati ham davlat, ham mahalliy darajada milliy raqobat ustunligini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Aslida firmani o’rab olgan muhit vaqt o’tishi bilan uning raqobatdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Agar savolni yanada umumiyroq qo’yadigan bo’lsak: nima uchun ba’zi tashkilotlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Atrofdagi muhitning bir qismi – firmaning jo’g’rofiy joylashishidir. Bundan tegishli oqibatlar kelib chiqadi, albatta (tarix, xarajatlar va talab ma’nosida). Lekin bu bilan «atrof-muhit» tushunchasi chegaralanib qolmaydi: masalan, firma ishchilari va menejerlari qaerda o’qitilganligi yoki uning birinchi va eng muhim xaridorlari kimligi ham muhimdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat ustunligi va uni qanday yaratish yoki aksincha qo’ldan chiqarish haqida ko’p narsa ma’lum. Nega firma to’g’ri qaror qabul qilish haqida esa kam o’rganilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib borayotganligi mana shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga ketish mumkin-ku.
Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. SHu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish kerak. Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa to’siqlarning bartaraf etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi.




  1. Download 229.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling