1 Kishilar hayotida vaqtni bilishga ehtiyojning kelib chiqishi Hafta va uning turlari. Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Vaqtning dastlabki o’lchov birligi – sutka
Haftalardan tashqari oylar qadimda dekadalarga bo`lingan
Download 33.45 Kb.
|
YIL VA DAVRLARNI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, yani olg’a, kelajak tomonga yurishidir
- Hafta va uning turlari.
Haftalardan tashqari oylar qadimda dekadalarga bo`lingan. Dekadaning paydo bo`lishi sonlar, ayniqsa, barmoqda sanashning osonligidadir. Shu sababli dastlab 5 kunlik, keyinroq 10 kunlik dekadalar paydo bo`lgan. Har bir oydagi kunlar soni ham dekadaga mos bo`lgan.
Ilk jamiyat rivojining birinchi bosqichi (ibtidoiy tuzumda vaqt hisobi kun va tun almashuvi asosida barmoqlar (shundan ko`p xalqlarda o`n kunlik kelib chiqqan) 20 kunlik kalendar (mayyalarda) paydo bo`lgan. Keyinroq oy fazalariga qarab Yangi oy, to`lin oy sifatida ishlatilgan. Yerga ishlov berishning rivojlanishi natijasida vaqt va mavsumlarga, bahorgi va kuzgi teng kunliklar, qishki va Yozgi quyosh turishlariga qarab vaqtni hisoblaganlar. Boy etnografik materiallar asosida turli xalqlarda kalendar va yil tushunchasi turli ekanligi, yil mavsumlariga, ya`ni ko`proq to`rt mavsumga, ba`zi xalqlarda esa etti mavsumga bo`lingan. Oy nomlari xo`jalik turmush tarzini ham o`zida namoyon qilgan. Masalan, Sibir evenklarida Oy hayvonlardan teri oladigan kun, Amur daryosi bo`yidagi tunguslarda esa Oy baliqlarning kelishi tarzida bo`lgan. Tropik mamlakatlarda dala ishlari ikki marotaba bo`lib, ekish va o`rishdan iborat bo`lgan. Ushbu mavsumiy ishlar Orion Yulduzlar turkumining osmondagi holati bilan bog`langan. Shuningdek, bu yulduzlar turkumi boshqa mamlakatlarda ham yuqoridagi-mavsumy ishlar uchun alohida o`rin tutadi. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya'ni olg’a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta'biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo’lishi mumkin ham emas. Vaqtni o’lchash uchun soat, daqiqa, sekund, sutka, xafta, oy va yil birliklari qabul qilingan. Olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan aniq vaqtning asosiy manbai-astronomk kuzatishlardir.Ular maxsus asboblar yoramida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (sekundning mingdan bir ulushlari aniqligida) topadilar. Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi biror davriy hodisaga, Yerning o’z o’qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o’lchov birligidir. O’rta asr solnomachisi Dostopochtenniy, «yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini - an'analar, haftaning-uzunligini belgilaydi»,-deb yozgan edi. Vaqtning sun'iy birligi bo’lgan haftalar, qadimda uch, besh va etti kundan iborat bo’lgan. Bobil va Shumer matnlarida etti kunlik xafta mavjudligi haqida ma'lumotlar berilgan. Etti kunlik xafta vaqt o’lchovi sifatida Sharqda Bobilda ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik xafta bo’lib, unga A harfidan N harfigacha bo’lgan nomlar berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (eramizdan avvalgi 63-eramizning 14) etti kunlik xafta keng tarqalgan. Etti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so’ngra g’arbiy Yevropaga tarqalgan. Bobilliklar ettini «qutlug’ son» deb hisoblashganlar. Bu sig’inish o’sha davrda ma'lum bo’lgan beshta sayyora «planeta» yoki «daydib yuruvchilar” va ular qatoriga qo’shib hisoblangan Oy va quyosh bilan bog’liq bo’lgan. Ular Yer atrofida etti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylandi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nom berilgan. Bu nomlarni rimliklardan so’ngra, harbiy Yevropa xalqlari ham qo’llashgan. Lotincha frantsuzcha va inglizchada ularning ko’rinishlarini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Download 33.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling