1. Kislotali oksid, nordon tuz, ishqor berilgan javobni belgilang. A) MnO2; NaHS; koh b) P2O5; Nahso4; Be(OH)2 C) so3; Caohcl; Mg
Download 237.48 Kb.
|
test 11
1.Kislotali oksid, nordon tuz, ishqor berilgan javobni belgilang. A) MnO2; NaHS; KOH B) P2O5; NaHSO4; Be(OH)2 C) SO3; CaOHCl; Mg(OH)2 D) СrО3; КHCO3; Sr(OH)2 2.III valentli metall ortofosfatning molar massasi uning oksidining molar massasidan 5 g/mol ga kam. Metall oksidi formulasini ko‘rsating. A) Mn2O3 В) Сг2О3 C) Al2O3 D) Fe2O3 3. Quyidagi jadvaldan foydalangan holda X2Y3 birikma tarkibidagi X ning massa ulushini toping.
A) 1/5 B) 1/4 C) 1/2 D) 1/3 4. Quyidagi jadvaldan foydalanib X2+ ionidagi elektronlar sonini hisoblang.
A) 29 B) 30 C) 28 D) 27 5..Neytral atomda barcha zarrachalar ning yig‘indisi 108 ga teng. Neytronlar soni protonlar sonidan 9 taga ko‘p bo‘lsa, elementni aniqlang. A) Ge B) Se C) Br D) As 6. Tinch holatda n = 4, l = 1 bo‘lgan 4 ta elektroni mavjud element atomidagi ms = –1/2 bo‘lgan elektronlar sonini aniqlang. A) 16 B) 14 C) 15 D) 17 7. A(g) + 3B(g) = C(g) + 2D(g) reaksiyada A va В moddaning boshlang‘ich konsentratsiyalari mos ravishda 5 va 9 mol/l ga teng. 20 sekunddan so‘ng ularning konsentratsiyalari tenglashgan bo‘lsa, D moddaning hosil bo‘lish tezligini (mol/(l⦁s) ) hisoblang. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,6 D) 1,2 8. 2AB2(g) + B2(g) ↔ 2АВ3(g) sistemada moddalarning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 4, 1 va 2 ga teng. Sistemaga ma’lum miqdor B2 qo‘shilgandan so‘ng AB2 va AB3 ning yangi muvozanat konsentratsiyalari o‘zaro teng bo‘ldi. Agar reaksiya 1 litr hajmli idishda olib borilgan bo‘lsa, B2 va AB3 larning yangi muvozanat konsentratsiyalari yig‘indisini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 6 D) 7 9.Quyidagi grafikda moddalarning miqdorlari (mol) va vaqt o‘rtasidagi bog‘liqlik ifodalangan. H2(g) + J2(g) ↔ 2HI(g) reaksiya tenglamasidan foydalanib muvozanat konstantasi va uning birligini aniqlang.( V = 4 litr ) . A) 32; mol/litr B) 32; birliksiz C) 64; mol/litr D) 64; birliksiz 10. . CO + N2O = CO2 + N2 sistemada moddalarning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 1, 4, 4 va 1 ga teng. Sistemaga ma’lum miqdor is gazi qo‘shilgandan keyin, N2O va N2 larning yangi muvozanat konsentratsiyalari o‘zaro teng bo‘ldi. Agar reaksiya 1 litr hajmli idishda olib borilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan yangi sistemadagi gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligini aniqlang. A) 10 B) 8 C) 7 D) 9 11. 50 litrli reaktorda 70 g is gazi va 5 g vodorod bor. Ushbu reaktorga necha gramm suv bug‘lari qo‘shilganda is gazining 60% i karbonat angidridga CO(g) + H2O(g) ↔ CO2(g) + H2(g) aylanadi? ( Km = 2) A) 54 B) 72 C) 81 D) 45 12. A(g) + xB(g) → 2C(g) reaksiyadagi A va В larning konsentratsiyalari 2 marta oshirilganda to‘g‘ri reaksiya tezligi 16 marta tezlashishi ma’lum bo‘lsa, x ni toping. A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 13. 2X2(g) + 3У2(g) ↔ 2Х2У3(g) reaksiya tenglamasi bo‘yicha moddalar konsentratsiyalari turlicha olinib, 2 xil tajriba o‘tkazildi. Quyidagi jadvaldan foydalanib 2 – reaksiya tezligini aniqlang A) 4⦁10–3 B) 3,2⦁10–5 C) 1,6⦁10–4 D) 2,4⦁10–3
14. Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.A) O3, N2O5, Li3РО4 B) Na, K2O, MgSO4 C) Сu, SiH4, CsF D) K2S, P4, CaCl2 15. N2 O2 F2 qatorida bog‘ karraliligi va bog‘ energiyasi qanday o‘zgaradi?A) kamayadi; kamayadi B) ortadi; kamayadi C) ortadi; ortadi D) kamayadi; ortadi 16. Quyidagi moddalarni ularning molekulasidagi σ – bog‘lar soni ortib borish tartibida joylashtiring. 1) temir (II) – gidrosulfat; 2) temir (III) – gidroksosulfat; 3) temir (III) – sulfat; 4) temir (II) – gidroksosulfat. A) 3, 2, 1, 4 B) 4, 1, 2, 3 С) 3, 1, 4, 2 D) 2, 4, 1, 3 Download 237.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling