1. Kitobxonlik мadaniyatini shakllantirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 108.71 Kb.
bet10/22
Sana17.06.2023
Hajmi108.71 Kb.
#1525368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Kitobxonlik мadaniyati tayor

Sharofiddin Buxoriy, Xoja Sharofiddin Sanoiy (13-asr 2-yarmi — Shofirkon tumani — 14-asr 1-choragi) — faqih va mudarris, mutasavvif shoir. Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. Oʻrta asrlarda madrasalar va maktablarda asosiy darsliklardan biri sifatida oʻqitilgan "Chor kitob" (boshqa nomi: "Chahor kitob" — "Toʻrt kitob"; 2 sheʼriy va 2 nasriy majmua) ni tuzgan va uning 1-kitobi — "Nomi Haq" ("Alloh nomi") ni forstojik tilida yozgan (taxminan 1300-yil). Islom diniga oid pandnasihatlar kitobi sanalgan "Chor kitob" hozirgi kungacha yetib kelgan. Kitobda toatibodat, shariatning qonunqoidalari: farz, sunnat, namoz va roʻza haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donishmandlik namunalari bayon etilgan. "Chor kitob" tojik tilida (Dushanba, 1990) va shoir Olim Boʻri tarjimasida oʻzbek tilida (Toshkent, 1992) nashr etilgan.
Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi. 
Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi. 
Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. 
Adabiyotlar
1. Safo Matjon. “Kitob o‘qishni bilasizmi?”. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 1993. 31-bet.
2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Toshkent, O’qituvchi 2011.69-bet.
3. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. –Buxoro.: Durdona,2019.- 64- bet.
Elektron ta’lim resurslari:
1. www. tdpu. Uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. Uz

Download 108.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling