1. Koinot va galaktika. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar


Download 0.96 Mb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1559961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза.

2 .1-расм. Галактиканинг спиралсимон тузилиши.



Galaktikalar massasining 90 % ga yaqini qora materiya va energiya ulushiga tо‘g‘ri kelsada, bu kо‘rinmas unsirlarning tabiati hali о‘rganilmagan. Kо‘plab Galaktikalarning markazida о‘ta massiv qora teshiklarning mavjudligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ehtimol, Koinotning kо‘rinadigan qismida 1011 ga yaqin Galaktika mavjud.
Galaktikalararo bо‘shliq amalda о‘rtacha zichligi kub metrda moddalarning bir atomidan kam bо‘lgan toza vakuum hisoblanadi.
Galaktikaning elliptik, spiral va notо‘g‘ri shaklli uchta asosiy turi mavjud.
Bizning Galaktikamiz katta disksimon shakldagi Somon Yо‘li deb ataluvchi yulduzlar majmuasi hisoblanadi. Uning uzunligi 30 kiloparsekga (yoki 100000 yorug‘lik yili) yaqin va qalinligi 3000 yorug‘lik yiliga teng. Unda 3×1011 ga yaqin yulduzlar mavjud bо‘lib, umumiy massasi Quyosh masasidan 6×1011 marta katta.
Somon Yо‘li yoki Galaktikamiz - gigant yulduzlarning tizimi bо‘lib, u Quyosh, oddiy kо‘z bilan kо‘rinuvchi barcha yulduzlar hamda juda kо‘p sonli boshqa osman jismlarini qamrab oladi. Unda 100 milliardga yaqin yulduzlar mavjud. Somon Yо‘li boshqa Galaktikalarning biri hisoblanadi va u spiral galaktikalar turiga kiradi.
Somon yо‘li likobcha singari qavariq shaklga ega.


Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar
Koinot va Quyosh tizimining vujudga kelishi tо‘g‘risida juda kо‘p nazariyalar mavjud bо‘lib, ulardan biri «katta portlash» nazariyasidir. Bu nazariyaga kо‘ra dastlab butun materiya haddan tashqari yuqori haroratga ega bо‘lgan bitta «nuqtada» siqilgan bо‘lib, keyinchalik bu “nuqta” ulkan kuch bilan portlagan. Portlash natijasida barcha tomonlarga sachrab ketgan о‘taissiq bulutlardan asta-sekin subatomli zarralar, vaqt о‘tishi bilan atomlar, moddalar, sayyoralar, yulduzlar va, nihoyat, hayot vujudga kelgan. Bunda Koinotning kengayishi davom etgan va bu jarayon qancha uzoq davom etishi noma’lum.
Demak, bu nazariyaga asosan Quyosh tizimi aylanuvchi gaz-changli bulutdan hosil bо‘lgan. Uning siqilishida markazi zichlashgan va keyin u Quyoshga aylangan. Quyosh tarkibiga kirgan zarrachalar о‘zining harakat momentini olib kelgan. Ular aylanish о‘qiga qarab harakat qilganligi sababli (ya’ni masofa kamaygan), momentni saqlash uchun tezlik oshishi lozim edi. Protoquyosh, va keyin Quyosh tobora tezlashgan holda aylanishi lozim edi.
Quyosh tizimiga 8 ta sayyora, 42 ta yо‘ldosh, 50 mingdan ortiq kichik asteroidlar, sanog‘i yо‘q meteorit va kometalar kiradi. Ularning markazida Quyosh joylashgan bо‘lib, u о‘zining tizimdagi boshqa barcha osmon jismlarini о‘ziga tortib turadi. Bu tizimdagi barcha jismlar о‘zaro gravitatsiya (butun olam tortishish qonuni) kuchi bilan ham bog‘langan.
Sayyoralar ikki katta guruhga: yer guruhiga – Merkuriy, Venera, Yer va Mars – va yupiter guruhiga, ya’ni gigant sayyoralar – Yupiter, Saturn, Uran va Neptunga bо‘linadi (2.2-rasm).


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling