1. Koinot va galaktika. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar
Download 0.96 Mb.
|
маъруза.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6-rasm. Merkuriy sirtidagi kraterlar. www. galspace.spb.ru.
2.5-rasm. Quyoshning olovli sirti. www.galspace.spb.ru.
Q uyosh diametri yernikiga nisbatan 109 marta katta, о‘rtacha zichligi 1,41 g/sm3, tashqi qobiqlarining о‘rtacha harorati 5600°S, yoshi 6-6,5 mlrd. yil. Merkuriy Merkuriy - Quyoshga eng yaqin joylashgan sayyora. Merkuriy Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari antik pantionning xudolaridan biri, xususan - rim savdo xudosi (yunoncha Germesga mos keladi) nomi bilan atalgan. Merkuriy - Yerdan kuzatish uchun ancha murakkab sayyora hisoblanadi. Yerga nisbatan ichki sayyora bо‘lganligi sababli xech qachon Quyoshdan 28° dan uzoqlashmaydi, shuning uchun ham u tongdagi va kechkurungi yog‘duda qisqa muddatgina kо‘rinadi, xolos. Merkuriy Quyosh atrofida о‘rtacha masofasi 57,91 mln km li ancha chо‘zilgan elliptik orbita bо‘yicha harakatlanadi. Perigeliyda Merkuriy Quyoshdan 45,9 mln km, afeliyda esa 69,7 mln km. masofada joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi 7°. О‘zining orbitasi bо‘ylab Merkuriy 87,97 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Orbita bо‘yicha о‘rtacha tezligi 48 km/s.
Merkuriy - Yer guruhidagi sayyoralar orasida eng kichigi hisoblanadi. Uning radiusi 2439 km bо‘lib, bu Yupiterning Ganimed va Saturnning Titan nomli yо‘ldoshlarining radiuslaridan ham qisqa. Merkuriyning massasi 3,302•1023 kg. О‘rtacha zichligi ancha yuqori - 5,43 g/sm3 bо‘lib, bu Yernikidan kamroq. Yer о‘lchamlarining Merkuriynikidan yuqoriligi hisobga olinsa, uning zaminida metallar kо‘pligidan dalolat beradi. Merkuriyda erkin tushish tezlanishi 3,70 m/s2 teng. Ikkinchi kosmik tezlik - 4,3 km/s. Sayyoraning Quyoshga yaqinligi va ancha sekin aylanishi hamda atmosfersining yо‘qligi sababli Merkuriyda Quyosh tizimidagi haroratning eng keskin о‘zgarishi kuzatiladi. Uning yuzasida kunduzgi о‘rtacha harorat 623 K teng, kechasi esa - 103 K. Merkuriydagi minimal harorat 90 K ga teng, maksimumi esa, tushda «qaynoq uzoqliklarda» - 700 K gacha boradi. Merkuriy yuzasi kо‘p jihatdan Oy yuzasini eslatadi - unda ham kraterlar kо‘p (6-rasm). Ammo kraterlar barcha maydonlarida teng taqsimlanmagan. Merkuriydagi eng katta krater buyuk nemis kompozitori Betxoven sharafiga nomlangan bо‘lib, uning diametri 625 km. Merkuriy yuzasidagi eng qiziqarli tafsilot - bu Issiqlik teksligidir («lot. Caloris Planitia»). Bu krater о‘z nomini eng “issiq uzoqlikka” yaqinligi tufayli olgan. U kо‘ndalangiga 1300 km. Ehtimol, urilish zarbasidan ushbu kraterni hosil qilgan samo jismining о‘lchami 100 km dan kam bо‘lmagan. Venera Venera - Quyosh tizimida Quyoshdan uzoqligi bо‘yicha ikkinchi sayyora. Venera - ichki sayyora bо‘lib, yer osmonida Quyoshdan 48° dan ortiq uzoqlashmaydi. Venera - osmonda yorqinligi bо‘yicha uchinchi obyekt; uning yaltiroqligi faqat Quyosh va Oynikidan kam. U bashariyatga qadimdan ma’lum bо‘lgan sayyoralar jumlasiga kiradi. Veneradan Quyoshgacha bо‘lgan о‘rtacha masofa 108 mln km. Uning orbitasi aylanaga juda yaqin - ekssentrisiteti 0,0068 ga teng. Quyosh atrofida aylanish davri 224,7 sutkaga teng; о‘rtacha orbital tezligi - 35 km/s. Ekliptika tekisligiga nisbatan qiyaligi 3,4°. Venera о‘zining о‘qi atrofida orbitasining tekisligi 2° qiyalikda, sharqdan g‘arbga qarab, ya’ni kо‘pchilik pranetalarning aylanish yо‘nalishiga qarama-qarshi aylanadi. О‘z о‘qi atrofida 243,02 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Veneraning о‘lchamlari Yernikiga ancha yaqin. Uning radiusi 6051,8 km , massasi - 4,87∙1024 kg, о‘rtacha zichligi - 5,24 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi 8,87 m/s2, ikkinchi kosmik tezligi - 10,4 km/s. Venera atmosfe-rasining zichligi ancha yuqori. Venera Yerga eng yaqin sayyora hisob-lansada, uning yuzasi keyingi vaqtlardagina о‘rganila boshlandi. Chunki uning yuzasi bulutlar bilan qop-langan. Agar bulutlar bо‘lmaganda ham atmos-ferasining zichligi tufayli yuzasini kо‘rib bо‘lmasdi. Venera atmosfera-si asosan karbonat angidrit (96 %) va azotdan (deyarli 4 %) tashkil topgan. Suv bug‘i va kislorod unda juda kam (0,02 % va 0,1 %). Yuzasidagi bosim 93 atm, harorati - 737 K ga yetadi. Bu Quyoshga ikki marta yaqin bо‘lgan Merkuriy yuzasidagidan ortiq. Veneradagi bunday yuqori haroratning sababi bо‘lib, zich karbonat angidritli atmosfera hosil qiladigan issiqxona effekti sanaladi. Venera atmosferasining zichligi suv zichligidan 14 marta kam. Sayyoraning sekin aylanishiga qaramasdan atmosferasining issiqlik inersiyasi shu darajada kuchliki, kunduzgi va oqshomgi harorat orasida о‘zgarish kuzatilmaydi. Ultrabinafsha nurlarda bulut qoplamasi ekvatorga qarab chо‘zilgan yorug‘ va qora qambarlarning naqshlaridan iborat. Venerada atmosfera bosimi 100 atm ga yaqin bо‘lib, unda gazlar zichligi Yerdagidan qariyib 100 marta ortiq.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling