1-Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari(23-36). docx


Download 71.03 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi71.03 Kb.
#1624614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari (Mustaqil ish)docx

Kompyuter xavfsizligi – qo’shimcha kirish, yangi parollar, antivirus dasturlari, shifrlash, xavfsizlik devorlari, internetga kirishni nazorat qilish dasturlari.

8-rasm. Kompyuter dasturiy ta’minoti


Amaliy dasturiy ta’minot- bu foydalanuvchilarga aniq muammolarni hal qilishda yordam beradi. Ko’pgina hollarda, dasturiy ta’minot kompyuterning qattiq diskida joylashadi. Shuningdek, dasturiy ta’minot CD, DVD va flesh-xotirada yoki boshqa saqlash qurilmalarida saqlanishi mumkin.

9-rasm. Amaliy dasturiy ta’minot


    1. Protsessorda buyruqlar bajarish tartibi


Protsessor har bir buyruqni bir nechta qadamlarda bajaradi. Quyidagilar buyruqni bajarish qadamlari hisoblanadi:



  1. Xotiradan keyingi buyruqni chaqiradi va buyruqlar registriga joylaydi;

  2. Keyingi buyruqni ko`rsatish uchun buyruqlar hisoblagichi holatini o`zgartiradi;

  3. Chaqirilgan buyruqning tipini aniqlaydi;

  4. Agar buyruq xotiradagi so`z (word)dan foydalanayotgan bo`lsa, u so`zning qayerda joylashganini aniqlaydi;

  5. Zarurat bo`lsa bu so`zni markaziy protsessorning registriga o`tkazadi;

  6. Buyruqni bajaradi;

  7. Keyingi buyruqni bajarish uchun 1-qadamga o`tadi.

Yuqorida sanab o`tilgan qadamlar (tanlash – dekodlash - bajarish) barcha kompyuterlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Markaziy protsessorning ishlashini (qadamlar) dastur ko`rinishida tasvirlash mumkin.Tasvirlanayotgan kompyuterda ikkita registr mavjud: keyingi buyruqlar manziliga ega bo`lgan buyruqlar hisoblagichi (PC) va arifmetik amallarning natijalari saqlanuvchi akkumulyator (AC). Bundan tashqari ichki registrlar ham mavjud bo`lib, ularda: joriy buyruq (instr), joriy buyruqning tipi (instr_type), buyruq operandining manzili (data_loc) va operandning o`zi (data) saqlanadi.



    1. Download 71.03 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling