Algoritmlarni tasvirlash usullari
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:
so’zlar yordamida (og'zaki nutqda ishlatiladigan so’zlar);
grafik usulda (grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida);
dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar, operator va funksiyalar yordamida).
4. Grafik redaktor tushunchasi.
Grafik redaktor - kompyuterda raqamli tasvirlarni (chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) yaratish, ko'rish, qayta ishlash va tahrirlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturiy ta'minot to'plami).
Grafik redaktor turlari:
Raster grafik redaktorlari. Eng mashhur: Adobe Photoshop va bepul GIMP, Krita, Photofiltre, Paint.NET va Canva.
Vektorli grafik redaktorlari. Eng ommabop: Adobe Illustrator, Corel Draw, bepul Inkscape va Figma shariflari.
Gibrid grafik redaktorlari. Eng mashhur: RasterDesk (AutoCAD uchun) va Spotlight. Adobe Photoshop-da vektor grafikasi bilan ishlash uchun bir qator funktsiyalar mavjud, Adobe Illustrator va Corel Draw rastrli grafikalar bilan ishlash uchun ba'zi funktsiyalarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |