1. Kompyutеrlardan kundalik turmushda foydalanish


Bilimlar bazalari va ekspert tizimlari haqida malumot olish


Download 0.54 Mb.
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1133224
1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy mashqulot (1)

4.Bilimlar bazalari va ekspert tizimlari haqida malumot olish
Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Komp’yuter da aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp’yuter tushunadigan tilda dastur tuziladi. Bu sqhada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni Komp’yuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dastur-lashtirishga o'tishdir. Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish usullarini EHM yordamida o'rganuvchi fanning hayotda qo'llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar — odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi. SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil qilish, robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish. Ekspert tizimlar — bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash tizimlaridir. ETlarga maslahat berish, tahlil qilish, konsultatsiya berish, diagnoz qo'yishdek nozik masalalar yuklatilgan. ETlarni sanoat korxonalarida qo'llash ish unumini va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Bilimlarni to'plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o'z navbatida o'tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko'p bilimlarni talab qiladigan masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi. ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo'yilishini bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o'rnimni egallashi mumkin» degan Aim.uz Aim.uz asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo'lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo'rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko'rsatadi. Keyingi vaqtlarda mustaqil o'qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo'lgan tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda. 1-rasm. ESning umumiy strukturasi Bu tizimda maqsadga erishish uchun qoidalar, faktlar, chiqarish mexanizmi va ixchamlashlardan foydalaniladi. Umuman, masalalarni yechish uchun, cheksiz fakt va qoidalar kerak bo'ladi. Agar, shunday tizim yaratilgan taqdirda ham uni bilimlar bilan to'ldirishga uzoq vaqt talab etilgan bo'lar edi. Lekin, shu paytgacha mana shunday informatsiyalarni o'zaro saqlovchi EHMlar mavjud emas, shuning uchun, vaqtincha masalani muhim muammoli qismini ko'rish bilan chegaralanamiz. SUN'IY INTELLEKTNING DASTURLASHTIRISHGA TA'SIRI Biror bir masalani yechishda inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan, shu masalaga taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani yechishni ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida olingan qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina o'zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni butun strukturasini o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi, dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi. Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun etarli bilimlar mayjud. BILIMLAR BAZASI Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard Feyganbaum bilimlar asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz. Aim.uz Aim.uz 2-rasm. Bilimlarni tasvirlash Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha bo'ladi. —tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash; —kuzatish; —natija interpretatsiyasi; —yangi informatsiyalarni o'zlashtirish; — gipoteza va qoidalar yordamida yangi qiymatlar yoki yangi tahlil natijalari olish. Mana shu jarayon, yetarli axborot yig'ilgunga qadar davom etadi. Sxematik ko'rinishda quyidagicha ifodalaniladi. 3-rasm. ET ning ishlash sxemasi Bilimlar bazasiga asoslanib, qurilgan ekspert tizimlarining eng asosiylari dialog ko'rinishda bo'lishi mumkin. Bu tipdagi dasturlar ishga tushirilganda foydalanuvchi qisqacha «HA» yoki «YO'Q» javoblarini berish mumkin shu javoblarga asosan fakt va qoidalar asosida xulosa chiqariladi. BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI • Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari • Freymli modellar • Semantik modellar MAHSULIY (PRODUKSION) QOIDALARINING MODELLARI Aim.uz Aim.uz Deklarativ bilimlar — bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi. Protsedurali bilimlar — dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega. EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida ishlatiladi. Shuning uchun, bu modellarni to'laroq ko'rib chiqamiz. 1. Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar). Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. Buni quyidagi sxema misolida ko'rib chiqamiz. Agar talabalar darsga muntazam qatnashib, darsni tinglab yoki konspekt yozib turmasa, uyda muntazam shug'ullanmasa, u holda ular 30 soat darsni zoye ketgazgan hisoblanadi. Bilimlarni tasvirlaydigan tizimlar mahsuliy produksion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarining qo'llanishi bo'yicha mahsulotlarni «vaziyat-->harakat», «holat→ yechimini qabul qilish», «jo'natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o'ziga xoslik — bu «jo'natish-xulosa» ko'rinishda talqin qilinadi. Bu jo'natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, mahsulotlarni o'zi esa xulosa qoidalarni ifodalaydi. Mahsulotlar tilining asosiy element! quyidagi konstruksiyadir: (i), P, Pj ; A=B; (i) Q Bu konstruksiya quyidagicha ifodalanishi mumkin: «Agar P shart bajarilsa va A shart o'rinli bo'lsa, u holda B ishni qilish B mahsulotning i raqamli shartini Q shartiga o'zgartirishi kerak». Bizning misolda, i — qoidaning tartib raqami. Misol tariqasida quyidagi formulani ko'ramiz. P=P1 W P2 W P3 W P4 Bunda Pi — tireotoksikos, P2 — qandli diabet, P3 — addisione kasalligining kompirsen shakli, P4 — koronar (yurak kon tanqisligining og'ir formasi). A — gipotireoz, B — tireoidinning 0.3 gr qabuli, Q qiymatini 0.3 gr ga oshirish kerak bo'lsin. Predikat Pk (q>l) tireoidenni navbatdagi qabuliga ruxsat etishni baholaydi, chunki, kattalar uchun sutkalik norma 1 g dan oshmasligi kerak. Mahsulot ko'rinishi quyidagicha bo'ladi: (i), P, Pj ; A=B; (i) Q Bu mahsulotning ma'nosi bunday :
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling