1. Konpaniyaning o’rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash


Download 16.13 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi16.13 Kb.
#1353303
Bog'liq
moliya esse 001

Mavzu : Kapital bohosi


Reja
1.Konpaniyaning o’rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash.
2.Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash

Bizga malumki korhonalar foliyatini tashkil etish va amalga oshirishning muhum shartlaridan biri moliyaviy resurslarnig (kapitalining) mavjudligi hisoblanadi. Moliyaviy resurslarga moliyaviy menejmentning boshqaruv obyekti sifatida yondashiladi. Shuning uchun ham korhonalar foliyatini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida kerakli mablag’larni qanday usullar, vositalar (isturumentlar) va manbalar asosida shakllantirish kerak degan savol moliyaviy menjmentning bosh masalalaridan biri hisoblanadi.


Xalqaro moliyaviy menjment amaliyotda ta’kidlaganidek moliyaviy menjment – moliyalashtirish manbalari tanlab va investitsiyon qaror qabul qilish san’ati va ilmidr. Moliyaviy menjment konsesiyalarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning muhum yo’nalishlaridan biri ham, o’z va qarz mablag’lari manbayinig qiymati matematik-statistik amalar orqali aniqlash va ularining orasidan iqtisodiy samaradorlik yuqori bo’lgan manbani belgilash hisoblanadi
Korxonalar foliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda o’z mablag’lari va qarz (jalb qilingan) mablag’lardan foydalanadi. Moliyaviy menjmentning mazkur manbalari shakilantirishdagi asosiy roli, o’z va qarz manbalarini qanday usular va vositalar orqali jalb qilish korhona uchun yuqori samara keltiradi degan sovolga jovob berishda namoyon boladi. Bundan tashqari jalb qilinayotgan manbalarni real qiymatini aniqlash va bularni orasida yuqori rentabelikka ega bolgan manbani jalb etish borasida boshqaruv qarorlarni qabul qilish moliyaviy menijmentning dolzarb masalalardan biri sanaladi. Korhonalarda modemizatsiya ishlarni keng joriy etish ishlab chiqarish vositalari va tehnika-tehnalogiyalarni takomilashtirish kabi vasifalarni amalga oshirishda korxonalar foliyatida moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj yanada oshirish bilan bir qatorda unga bolgan yangicha ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlar korhonalarning tashqi va ichki moliyaviy resurslarga talabni oshishi hamda moliyaviy zahiralarni tejamkorligi va hisob-kitob tizmini to’g’ri tashkil etishni talab etadi
Moliyaviy menjmentning nuqtaiy nazaridan korxonaning kapital puli moddiy va nomoddiy shakildagi mablag’lar aktivlar shakilanishida investitsiya qilingan umumiy qiymatni tavsiflaydi. Alohida iqtisodchilar kapitalga korxona foliyatini moliyalashtirishning hamma manbalarini umumiylashtirish nuqtaiy nazaridan qaraydilar yani kapital moliyaviy resurslarga qo’shiladi. Moliyaviy resurslar - pul daromadlar korxonaning ixtiyorida bo’lib oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish moliya kredit tizmini oldidagi majburiyatlarni bajarish bo’yicha harajatlarni amalga oshirish uchun mo;jalangan tushumlar va yig’imlar. Moliyani boshqarish nuqtaiy nazaridan korxonalar “kapital” va “moliyaviy resurslar” tushunchasining chegaralarini ajratishlari lozim bo’ladi.
Kapital (o’z mablag’i sof aktivlari) – bu korxonaning majburiyatlardan ozod uning rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi Mulki. Kapital – bu moliyaviy resurslarni safarbar qilishning maksimal shakil. Kapital deganda, shuningdek uzoq mudatli passivlar ham tushunilishi munkun chunki uzoq mudatli qarz mablag’lari hisobining g’arb amaliyotida o’z vazifalari va funksiyalari bo’yicha xususiga tenglashtiriadi.
Kapital- ishlab chiqarish resurslari (ishlab chiqarish omili ). Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan kapital ishlab chiqarish omili hisoblanadi, yani ishlab chiqarish natijalariga belgilovchi (ma’lum) ta’sir o’tkazuvchi resurs hisoblanadi.
Kapital – mulkchilik va ixtiyorida bo’lishlik obyekti. Tadbirkorlik foliyatining obyekti sifatida kapital mulkchilik va ixtiyorida bo’lishlik huquqini tashuvchi hisoblanadi.
Kapital – moliyaviy resurslarining bir qismi. Kapitalning yetarli miqdori xo’jalik yiurutuvchi subyekt tugatilgan holatlarda nafaqat kriditorlarga konpensatsiya (tovon puli) to’lash imkoniyatlarini, shuningdek,zarar ko’rish holatlarida rezervlar yaratish yo’li bilan uning tolov qobiliyatini saqlab qolish ham bildiradi. Moliyaviy resurs sifatida o’z funksiyasini bajarish jarayonida kapital xo’jalik yurutuvchi subyektini yaratish, tashkil etish va funksiyalanishi uchun qarz mablag’lari jalb etulginga qadar mahsulotlar hizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqarish vat ashkili o’sishi uchun mablag’bilan taminlaydi. O’sish davrida korhonaning yangi hizmatlar tag’dim etish yangi kuchlarni qurish bilan bog’liq riskdan himoyalash va qo’lash uchun qo’shimcha kapitalga extiyoji bo’ladi.
Kapital – daromad manbai.Kapital iqtisodiy resurs sifatida o’zgarishsiz keltirishga qodir. Daromad manayi sifatida kapital o’z egasining kelgusi farovonligini shakilantirishda eng muhum vositalardan biri hisoblanadi.
Daromad manbayi sifatida kapital o’zidan doyimiy o’sib boruvchi iqtisodiy qimatligini aks etadi. Shu bilan birga kapitalning daromad keltirishdagi potensiyal hususiyati avtamatik tarizda realizatsiya qilinmaydi, undan samarali sharoyitlarda foydalanilgandagina taminlanadi. Bunday sharoyitlarning shakinlanishi kapitalni boshqarishning muhum vazifalaridan birini oldindan belgilaydi.
Kapital – vaqtin chalik ustuvorlik obyekti. Kapitalning funksiyalanish vaqt omili bilan be vosita bog’liq. Bunda kapitalning funksiyalanishi bilan bog’liq bugungi va kelgusi boylik (forovonlik) larning iqtisodiy qimati uning egasi uchun bir hil ahamiyatga ega emas. Iqtisodiy nazariyga muvofiq hozirgi vaqitdagi pul kelgusidagi pulga nisbati yuqori boholanadi.
Kapital bozor momolari obyekti oldi-soti obyekti sifatida kapital bozorining alohida turini tanlab, taklif va narxi bilan, shunigdek, bozor munosabatlarini malum subyektilari bilan tavsiflanuvchi kapital bozorini shakilantiradi.
Kapital risk omili bilan bog’liq. Risk undan aniq foydalanishning hamma shakillari bilan bog’liq kapitalning muhim tavsifi hisoblanadi. Kapital riskning omili undan tadbirkor foliyatida foydalanish jarayonida daromad manbai sifatida chiqadi.
Kapital likvidlik omili bilan bog’liq. Tadbirkorlik foliyatida foydalaniladigan kapital o’zining doimiy harakati jarayonida, uning o’zining real bozor qiymati bo’yicha realizatsiya qilinadigan bo’lishlik xususiyati tushuniladiga ma’lum likvidlik bilan tavsiflandi. Kapitalning bu tavsifi undan tadbirkorilk foliyati va (yoki) ma’lum region sohasida foydalanilganda noqulay iqtisodiy va boshqa shartlar kelib chiqan hollarda uni qayta investitsiyalashning doimy imkoniyatlarini taminlaydi.
Korxona xo’jalik foliyati samaradorligining darajasi ko’p jihatdan uning kapital maqsadga yo’naltirilgan holda shakilantirilganligi bilan belgilanadi. Moliyaviy menjment nuqtaiy nazardan kapitalni shakilantirishning asosiy maqsadi zarur aktivlar sotib olish talabini qondirish va undan samarali foydalanish shartlarini taminlash maqsadlarida uning strukturasini optimallashtirish hisoblanadi. Korxona kapitalini shakilantirish prinsiplari quydagilarni o’z ichiga oladi.
1. Korxonaning xo’jalik foliyati rivojlanishi istiqboli hisobi. Kapitalning hajmi va strukturasi shakilanishi jarayoni xo’jalik foliyati masalalarini nafaqat korxona foliyatining boshlang’ich davrida, shuningdek bu foliyatni kelgusida davom etirish va kengaytirishda ham taminlaydi. Istiqbolikni taminlashga kapitalning shakilanishi bilan bog’liq hamma hisob kitoblarni yangi korxona yaratishning biznes-rejasini qo’shish yo’li bilan erishiladi.
2. Jalb etilgan kapitalning hajmi korxonaning shakilanayotgan aktivlar hajmiga mos kelishini ta’minlash. Kapitaldagi umumiy talab aylanma va aylanma bo’lmagan aktivlarga asoslanadi. Kapitaldagi umumiy talabni aniqlash to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita metodladan foydalaniladi.
To’g’ridan-t’g’ri (bevosita) metod korxonaning xo’jalik foliyati boshlanishi shartlarini tavsiflaydi. Ushbu metod quydagi tenglam orqali hisoblanadi :
Aktivlar sumasi=investitsiyalanadigan kapital summasi.
Bilvosita metod “mahsulotning kapital sig’imi” ko’rsatkichdan foydalanishga asoslanadi. Bu ko’rsatkichlar ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobida kapitalning qanday miqdori ishlatilishi haqida tasavvur beradi. U foydalaniladigan kapitalning umumiy summasini ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmiga bo’lish yo’li bilan iqtisodiy tarmoqlari kesmida hisoblanadi. Bunday kapitalning umumiy summasi o’rtacha sifatda belgilanadi.
3. Kapital strukturasi optimaligini uning samarali funksiyalanishi nuqtaiy nazaridan ta’minlash. Kapital strukturasi o’zida korxonaning moliyaviy foliyatida foydaniladigan xususiy va qarz moliyaviy mablag’lar nisbatini aks etiradi. Kapital strukturasi korxonaning moliyaviy investitsiya va operatsiyalar foliyati kabi foliyatlarning ko’pgina tomonlariga ta’sir o’tkazadi , yakuniy natijalarga ta’sir qiladi.
Faqat o’z kapitalidan foydalanuvchi eng yuqori moliyaviy barqarorlikga ega bo’ladi (avtanomiya koeffitsiyenti birga teng) biroq o’zi rivojlanish sur’atlarni cheklaydi (chunki bozorning qulay konyukturasi davrida aktivlarning zarur qo’shimcha hajimning shakilanishini ta’minlay olmaydi) va qo’yilgan kapitalga foydaning o’sib borishi moliyaviy imkoniyatlardan foydalanmaydi. Qarz kapitaldan foydalanish korxona rivojlanishining moliyaviy potensiyalini ko’taradi va moliyaviy rentabellik o’sib borishi imkoniyatini beradi biroq bir vaqitning o’zida moliyaviy risk va bankrotlik tahdidini yuzaga keltiradi.
4. Turli xil manbalarda kapitalni shakilantirish bo’yicha xarajatlarni minimanlashtirish ta’minlash. Bunday minimanlashtirish kapital qiymatini boshqarish jarayonida korxona uni turlicha manbalardan jalb qilish uchun to’laydigan narx (baho) tushuniladi.
5. Xo’jalik foliyati jarayonida kapitaldan yuqori samarali foydalanisni taminlash. Prinsip realizatsiyasi korxona uchun maqbul moliyaviy risk darajasida o’z kapitali rentabeligi ko’rsatkichlarini maksimallashtirish yo’li bilan ta’minlanadi.
Kapital iqtisodiy kategoriya moliyaviy menjmentda eng ko’p foydalaniladi (deb hisoblaniladi). Kapitaldan korxonani yaratish va rivojlantirishda foydalaniladi va foliyat jarayonida davlat mulk egasi va hodimlar manfatlarini taminlaydi. Ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat foliyatini yurutuvchi har qanday korxona o’zida moddiy qimmatliklar hamda pul mablag’lari va moliyaviy qo’yilmalar huquq va imtiyozlarni sotib olish xarajatlarini jamlovchi ma’lum kapitalga ega bo’lish kerak. Korxona kapital turlarining xilma-xiligi bilan tavsiflanadi va quydagi toyifa (kategoriya)lar bo’yicha tizimlashtiriladi.
Talluqliligi bo’yicha korxonalar o’z va qaror kapitalini ajratib ko’rsatadi.
Ho’jalik yurutuvchi subyekt bitimlari tuzulishida operatsiyalar o’tkazish munkun bo’lgan hususi kapital takibiga taxsimlangan foyda, maxsus vasifalar fondlar va boshqa rezervlar kiradi. Shuningdek, hususiy mablag’larga qaytarilmaydigan (qoplanaydigan) tushumlar va hukumat subsidiyalar ham kiradi. Ustav kapitalning miqdori korxonaning ustavida (nizomida) va soliq orginlarida ro’yhatdan o’tkazilgan boshqa muassislik hujatlaridan belgilangan bo’lishi lozim. U faqat muassislik hujatlariga mos keluvchi o’zgartirishlar kiritilganidan keyingina o’zgartirilishi munkun. Qo’shimcha kapital muassislari ( aksiyadorlar) tomonidan ustuvor kapitalning ro’yhatga olingan miqdori ustidan kiritilgan mulk qiymatini; qayta boxolashda mullk qiymati o’zgarishi natijasida shakilanuvchi summalarni; korxonanig hususiy kapitalikga boshqa tushumlarni o’z ichiga oladi.
Xulosa
Bizga malumki korxonaning shakilantirishda kapital birinchi darajali hisoblanadi, korxonaning xar bir yo’nalish sohalrida kapitalning o’rni kota eka. Kapitalni to’g’ri yo’lga qo’yish har qanday korxonanig ustuvor vasifalaridan biri sanaladi shuning uchun ham korxonaning hususiy kapitaliga qarabham korxonaning qay darajada ekanilgini bilib olish munkun ekan. Korxonaning kapitali qancha ko’p bo’lsa rivojlanish eshiklari ham ko’p bo’ladi.
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling