1. Konstitutsiya ni emas, balki ni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Nuqtalar o’rniga kerakli qatorni qo’ying


Download 74.5 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1254304
Bog'liq
huquq 30ta umumiy


1. Konstitutsiya ….. ni emas, balki …….ni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Nuqtalar o’rniga kerakli qatorni qo’ying.
A inson, davlat B davlat, inson C davlat, jamiyat D jamiyat, shaxs
2. Mamlakat voyaga yetmagan fuqarolarining asosiy majburiyatlaridan biri……
A Vatan himoyasiga shay turmoq B o’z ota-ona qaramog’ida bo’lish
C muqobil hizmatga tayyor turmoq D bazaviy umumiy ta’lim olish
3. Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Nechanchi modda?
A 36-modda B 37-modda C 38-modda D 40-modda
4.Mantiqan ortiqchasini aniqlang.

A d B b C a D d
5. «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan
belgilanadi» - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasi?
A) 14-moddasi B) 17-moddasi C) 12-moddasi D) 9-moddasi
6. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o’rniga mantiqan mos keluvchi to’g’ri javoblarni aniqlang.
1) Unitar – lotincha; 2) Monarxiya – yunoncha;
3) Jamiyat - …….; 4) Prezident - ……;
A) yunoncha / lotincha B) arabcha / lotincha C) fransuzcha / yunoncha D) lotincha / fransuzcha
7. Quyidagilardan qaysi biri nomuvofiq?
A) Davlatning boshqaruv shakli – unitar, federative va konfederativ;
B) Davlatning siyosiy tartiboti – demokratik va nodemokratik;
C) Demokratik davlatning turlari – bevosita va vakillik;
D) Davlatning tuzilish shakli – oddiy va murakkab;
8. Mahalliy hokimiyat idoralariga kiruvchi ijroiya organi qaysi?
A hokimlik B mahalla C Mahalliy xalq deputatlar kengashi D jamoat birlashmalari
9. mehnat nizolari komissiyasi ishida qatnashuvchilardan qay biri quyidagi vazifani bajaradi?
1- ish mohiyatini ma’lum qiladi; 2- da’vogar va javobgardan ishga doir qo‘shimcha vaziyatlarni aniqlaydi;
A 1-ekspert, 2-komissiya raisi B 1-javobgar,2-komissiya raisi
C 1-komissiya raisi,2-komissiya raisi D 1-komissiya raisi, prakuror
10. Intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan huquqqa qarshi harakat nima?
A huquqbuzarlik B nojoya harakat C jinoyat D qilmish
11. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 135-moddasi aniqlang?
A Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi..
B uyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
—o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun;
—ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — o‘ttiz kalendar kun...
C Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
D noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda — haftasiga 36 soat
12. Sudya sudda so‘roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko‘rgazma berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi (yozma tarzda). Ushbu ogohlantirish kimlar uchun mustasno?
A harbiylar B chet elliklar C aptridlar D voyaga yetmaganlar
13. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar qaysi manbalar asosida tartibga solinadi?
1-Konstitutsiya, 2-Fuqarolik kodeksi, 3- Mulkchilik to‘g‘risida, 4-Muallifik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida,5-Soliq kodeksi, 6-Mehnat kodeksi, 7-Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risidagi qonun.
A 1,2,4,5,7 B 1,2,3,4,5,6,7 C 1,2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,6,7
14. «Fozil odamlar shahri» asari muallifi kim?
A) Zahiriddin Muhammad Bobur B) Abu Nasr Farobiy C) Abu Rayhon Beruniy D) Abu Ali ibn Sino
15. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida davlat va uning siyosiy tartiboti bir-biriga muvofiq keladi?

A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 6
16. nikoh shartnomasi er va xotinning qanday mulkiga nisbatan tuziladi?
A mavjud mol-mulkiga B bo‘lg‘usi mol-mulkiga C A va B D shaxsiy mulkiga
17. jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi…….
A jinoiy oqibatda aks etadi B jinoyat boshlanishida aks etadi
C jinoyatning bajaruvchisida aks etadi D barchasi
18. Jinoyatning obyektiv tomonini zaruriy belgisi qaysi?
A harakat yoki harakatsizlik B yoshga yetgan va aqli raso
C ruhiy munosabat D ayb, motiv va maqsad
19. Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavf katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga…….
A ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.
B ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
C ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.
D ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
20. pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foyda lanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir…..
A Moliya B byudjet C kredit D birja
21. Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga ko‘ra qanday turlari bor?
A soliq to‘lovlari va soliqsiz tushumlar B respublika va mahalliy daromad
C majburiy va ixtiyoriy D markazlashgan va markazlashmagan
22.Qaysi hujjat birinchi navbatda barcha fuqarolarning siyosiy huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlab beradi?
A Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi
B Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt
C Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi D Xelsinki akti
23. Obyektiv huquq nima?
A)ma’lum bir shaxsga tegishli huquq B)guruhga tegishli bo’lgan huquq
C)huquq normalarining yig’indisi D)huquqning o’zi
24. Protsessual huquqlar nechaga bo’linadi? A)5 B)4 C)3 D)2
25. Nuqtalar o’rnini to’ldiring: “Huquq va axloq ……….”
A)o’zaro aloqada bo’ladi B)bir ikkinchisiz mavjud emas
C)bir yo’nalishda harakat qiladi D)majbur qilish kuchiga ega
26. Qaysi biri huquqning asosiy manbaidir?
A)Huquqiy odat B)Yuridik pretsedent C)Farmon D)Normativ-huquqiy hujjat
27. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 15-bobi nechta moddadan iborat?
A)1 ta B)12 ta C)4 ta D)7 ta
28. Necha yoshdan o‘smirlar aybni og‘irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o‘ldirganlik
uchun javobgarlikka tortiladi?
A)13 yosh B)14 yosh C)15 yosh D)16 yosh
29. Necha yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi?
A)18 yosh B)16 yosh C)15 yosh D)14 yosh
30. “Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-hunari
bo‘lmagan kishi kambag‘aldir.” – ushbu muallif fikri kim?
A)Xorazmiy B)Farobiy C)Majididdin Xavofiy D)Ibn Sino
Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling