O‘t oldirish tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
uzgich kontaktlari tutashishi va o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida tokning ortib borishi;
uzgich kontaktlarining uzilishi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida yuqori kuchlanish induksiyalanishi;
o‘t oldirish shamlari elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil bo‘lishi.
Bu uch bosqichni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Birinchi bosqich. Uzgich kontaktlari tutashganda akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi U, birlamchi tok i ni hosil qiladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi (3.5-rasm): akkumulatorlarlar batareyasining musbat qutbi - qo‘shimcha qarshilik - o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami - uzgich kontaktlari - massa - akkumulatorlar batareyasining manfiy qutbi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko‘ra:
U + es = iR . (3.1)
Bunda R = R1 + Rq birlamchi zanjirning umumiy qarshiligi; R1- birlamchi chulg‘ami qarshiligi; Rq - qo‘shimcha qarshilik; es - birlamchi chulg‘am o‘ramlarida induksiyalangan o‘zinduksiya EYUKi.
di
es L .
dt
Bu ifodani (3.1) ga qo‘ysak, birlamchi tok o‘sish jarayonining differensial tenglamasi hosil bo‘ladi:
U Ldi iR .
dt
Bu differensial tenglama yechilsa, quyidagi ifoda hosil bo‘ladi:
i U (1eRLt ) . (3.2)
R
Demak, uzgich kontaktlari ulangan holda birlamchi tok eksponenta bo‘ylab ortib, o‘zining maksimal - barqaror qiymatiga intiladi (3.6-a rasm) :
U
I1 .
R
Do'stlaringiz bilan baham: |