1-Koordinata sistemasi
Download 31 Kb.
|
XULOSA1
XULOSA Biz ushbu mavzuni yoritish jarayonida mavzuga doir barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, mavzu borasidagi bilimlarimizni yanada oshirdik.Bu esa kelajakda bu mavzularga oid misol, masalalarni qiyinchiliksiz yecha olishimizga xizmat qiladi. Bugungi kunda geometrik figuralarga qo’yilayotgan masalalarni hal qilishda turli usullardan foydalanilmoqda. Shulardan o’quvchilarning dunyoqarashini, tasavvur doirasini kengaytirish maqsadida figuralarni qandaydir shartlarni qanoatlantiruvchi nuqtalarning geometrik o’rni sifatida qarash qo’yilgan masalani yechishni ancha osonlashtiradi. Ma’lumki, geometriyani oʻqitishdan maqsad tekislikdagi va fazodagi shakllarning xossalarini sistemali ravishda oʻrgatish va bu xossalarni hisoblash yoʻli bilan yechiladigan hamda konstruktiv xarakterdagi masalalarni yechishda qoʻllanish yoʻli bilan oʻquvchining fazoviy tasavvurlarini, mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirish, hosil qilingan bilimlarni yer ustidagi oʻlchashda, har xil qurilmalarni sirtlarini va hajmlarini aniqlashda va shuning kabi amaliy ishlarni bajarishda foydalanishni oʻrgatishdir. Mazkur kurs ishi “ Dekart reperida tekislikka doir metric masalalar” mavzusida boʻlib, bu kurs ishini yozish mobaynida quyidagilarni oʻrgandim: 1-Koordinata sistemasi; 2-Geometriyani kelib chiqishi; 3-Dekart koordinata sistemasi; 4-Tekislik haqida umumiy ma’lumot. Shu bilan birga bu mavzularga doir bir qator masalalar bilan tanishdim. Oʻqishning keyingi bosqichlarida mavzu borashida koʻproq koʻnikmalar paydo qilish va ularning hayotimizga tatbigʻini oʻrganishga harakat qilaman. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling