1. Ko’p tubli pechlarning tuzilishi. Bаrаbаnli pеchlаrning tuzilishi vа qo’llаnilishi
Download 218.73 Kb. Pdf ko'rish
|
KO’P TUBLI, BАRАBАNLI PЕCHLАR, ULАRNING TUZILISHI VА QO’LLАNILISHI. (4)
KO’P TUBLI, BАRАBАNLI PЕCHLАR, ULАRNING TUZILISHI VА QO’LLАNILISHI. Reja 1.Ko’p tubli pechlarning tuzilishi. 2. Bаrаbаnli pеchlаrning tuzilishi vа qo’llаnilishi. 1. Ko‘p tubli pech vertikal silindr shaklida bo‘lib, uning diametri 4-8m, balandligi bo‘yicha gorizontal tublarga bo‘lingan. Tublar pech markazidan o‘tgan po‘lat o‘qqa mahkamlangan bo‘lib, jarayon davomida o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi (1- rasm). Dastlabki shixta yuqoridagi tubga yuklanadi va pudlarning aylanma harakati hisobiga birin - ketin pastda joylashgan pudga tushiriladi. Yoqilg‘i va havo har pud qarshisida joylashgan oyna-dan beriladi. 1 - rasm. Kuydirish va quritish pechlarining sxemasi. a-ko‘p tubli pech; b-quvurli aylanma pech; d-aglomeratsion mashina; e-qaynar qatlamli pech. 2.Metallurgiyada eritishga uzatilayotgan ruda, boyitma (konsentrat) va shixta tarkibini tashkil etuvchi flyuslar namligini kamaytirish maqsadida uni 110-120°C haroratda maxsus pechlarda quritiladi. Bu maqsadda metallurgik zavodlarda quvur aylanmali pechlar keng qo‘llaniladi (35-rasm). Pechning asosi metalldan tayyorlangan silindr shaklida bo‘lib uzunligi 30m gacha va diametri 1,5-2m ga yetadi. Pech gorizontga nisbatan 1-2° burchak ostida o‘rnatiladi va uning aylanish tezligi 3-5 ayl/min. ni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida pechdagi quriyotgan materialning pech uzunligi bo‘lib harakatlanishini ta’minlaydi. Pechning ichki qismi uning aylanasi bo‘yicha 300mm gacha issiqlikni o‘tkazmaydigan asbest va issiqlikka chidamli konusli g‘ishtlar bilan qoplangan. Pechdagi materialni aralashtirish maqsadida pech ishchi qismining parametri bo‘ylab lappaklar mahkamlangan. Pechni isitish qizigan yoqilg‘i gazi yoki tabiiy gaz va mazutni yoqish hisobiga amalga oshiriladi. Rangli metallurgiyada quvur aylanmali pechlar dastlabki xomashyoni kuydirish va oraliq mahsulotlarini qayta ishlashda ham qo‘llaniladi. 2- rasm. Quvur aylanmali quritish pechi. 1-yoqilg‘i yoqish bo‘limi; 2-pechning asosi; 3–fundament; 4-elektrodvigatel va harakatli uzatgich; 5-tayanch g‘altaklari; 6-shixta uchun bunker; 7–shixtani taqsimlovchi; 8- o‘tkazgichli kamera; 9- siklonli chang tutgich; 10–11– transportyor; 12-gaz harakatlanuvchi yo‘lak. Download 218.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling