65.Xorijiy bank kreditlari olish uchun belgilangan majburiy talablar toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
biznes-reja, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar, dunyoga mashhur, masalan “katta toʻrttalik”ka kiradigan auditorlik tashkilotlari xulosalari, qat’iy belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi, korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi;
biznes-reja, milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar, yuqori darajadagi rentabellik va qat’iy belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi, korxona moliyaviy- xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi;
texnik asosnoma, balans, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot, dunyo boʻyicha “katta toʻrttalik”ka kiradigan auditorlik tashkilotlari xulosalari, yuqori darajadagi rentabellik, korxona tashkiliy tuzilishining shaffofligi;
korxonalar xorijiy bank krediti olish uchun davlat kafolat vazifasini bajarishi kerak.
66.Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikatli kreditlar deganda nimani tushunasiz?
bir necha xorijiy banklarning yirik loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit taqdim etishi;
bitta loyihani bir necha shaxslar birgalikda oʻz ulushini qoʻshgan holda amalga oshirishi;
risklarni taqsimlash uchun turli mamlakatlarga kredit taqdim etish amaliyoti;
korxonalarni moliyalashtirishda sindikatli kreditlardan jahon amaliyotida foydalanilmaydi.
67.Jahon amaliyotida ta’minlanmagan qarz mablagʻlari ajratish usuli sifatida koʻzga tashlanadigan xorijiy kapital jalb etish usuli toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
kredit notalari;
xorijiy bank kreditlari;
yevroobligatsiyalar;
xalqaro kredit liniyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |